Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Mourinyoning kuchli tarafi nimada?

Mourinyoning kuchli tarafi nimada?

Baho:
+ | -

«Jenoa» klubining makedoniyalik futbolchisi Goran Pandev Joze Mourinyo bilan birga "Inter" klubida ishlagan yillarini esga oldi.

Goran Pandev «Inter» tarkibida 2010 yildan 2011 yilgacha o‘ynagan. O‘sha yili «neradzurrilar» trebl qayd etgandi. O‘sha mavsum Joze Mourinyoning ajoyib damlari o‘tgan edi.

«Ehtimol, o‘sha mavsum professional futbolchilik faoliyatimdagi eng yorqin mavsum bo‘lgandir. Men Mourinyo bilan juda kam vaqt ishlaganman, ammo, barcha sovrinni birga yutganmiz.

Joze – samimiy inson, juda sodiq, ammo, qattiqqo‘l murabbiy.

Garchi, yoqimli bo‘lmasada Mourinyo doimo yuzingizga gapiradi. Ba’zan u omma oldida ataylab keskin tanqid qiladi. Chunki, aksariyat futbolchilar bunday tanqidlarni ko‘tara olmaydi va o‘z ustilarida yanada ko‘proq ishlashni boshlaydi», — dedi Pandev.

Kiritildi: 00:33, 30.03.2020.
O'qildi: 2164 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик