Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

O‘lmas iqtiboslar: Aleks Fergyuson

O‘lmas iqtiboslar: Aleks Fergyuson

Baho:
+ | -

E’tiboringizga "O‘LMAS IQTIBOSLAR" loyihasining navbatdagi sonini taqdim etamiz. Bu safar siz "Manchester Yunayted" klubining afsonaviy murabbiyi Ser Aleks Fergyusson tomonidan aytilgan iqtiboslarni o‘qishingiz mumkin.

“O‘yin oxirida Chempionlar kubogi bizdan olti fut uzoqda bo‘ladi xolos. Ammo mag‘lub bo‘lsak, qo‘limizni ham tekkiza olmaymiz. Oralaringizdagi ba’zilar hatto bu kubokka boshqa bunchalik yaqin kelmasliklari ham mumkin. Bugun g‘alaba uchun bor imkoniyatni ishga solmasdan turib, yana bu kubok ilinjida bu yerga qaytishni umid ham qilmanglar” (1999 YECHL finali tanaffus paytida)

“Mening eng asosiy maqsadim bugungi muammolarni hal qilishgina emas. Mening asosiy maqsadim “Liverpul”ni hozirgi turgan chuqqidan pastga qulatish. Xuddi shunday deb bir yerga yozib qo‘yinglar” (80-yillarda)

“La’nati qoshini shunchaki yelimlab qo‘y. Tamom.” (Bekxem bilan bo‘lgan voqeadan so‘ng fizioterapevtga)

“Ular har doim keladilar-da: ”Inglizlar juda kuchli, biz esa ikkinchi qavatda umuman o‘ynay olmaymiz. Biz uni qila olmaymiz, biz buni qila olmaymiz” deb “ashula aytaveradilar”. Va 3:0 hisobida yutib ketadilar” (italiyaliklar haqida)

“Men uni birinchi marta ko‘rganimda 13 yoshlardagi bolakay edi. U maydonda guyoki, shamolda parrakni quvlab yurgandek taassurot uyg‘otardi” (Rayan Giggz haqida)

“Klubdan kimlarni ketayotganining katta ahamiyati yo‘q. Asosiysi, “Manchester Yunayted” nomi bu yerdan hech qayerga ketmaydi” 

“Ikkita xolosmi? Menimcha, Arsen Venger bilan Viktoriya Bekxemni otgan bo‘lardim” (“To‘pponchangizda ikkita o‘q bo‘lganida, kimni otgan bo‘lardingiz?” deb so‘rashganda)

“Yana o‘sha gapmi? Veron – ajoyib futbolchi. Sizlar esa ahmoqlar guruhisizlar” (jurnalistlarga)

“Uni aqlli deyapsizlarda-a? Beshta tilda gapira oladi, shundaymi? Jamoamda 15 yoshli afrikalik futbolchi bor. U ham beshta tilni biladi” (Arsen Venger haqida)

“Hech kimni mana shu irlandiyalik kabi qadrlamasam kerak. Ayniqsa, “Del Alpi”dagi o‘yinda u haqidagi tasavvurlarim yanada o‘sdi. Unga sariq kartochka ko‘rsatilib, uning finalni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgach, guyoki, uning kuchi ikki barobar oshib ketdi. Menimcha. Yutqazishdan ko‘ra u o‘shga yerda o‘lardi. Uning harakatlari atrofidagilarni ham ruhlantirdi. Mening ushbu futbolchining muvaffaqiyatlarida xissam borligidan xursandman” (Roy Kin haqida)

“U ofsaydda tug‘ilgan” (Indzagi haqida) 

“Uni tanqid qiladiganlar, avval, uning qanday shug‘ullanishini bir ko‘rsalar bo‘lardi” (Ronaldu haqida) 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:39, 31.03.2020.
O'qildi: 6409 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.