Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya - O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Chelsi” Dembele uchun da’vogar

Londonning “Chelsi” jamoasi      “Lion” hujumchisi Mussa Dembelega asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

“Daily Mail” nashri bergan xabarlarga qaraganda, futbolchini jamoada ko‘rishni shaxsan Frenk Lempardning o‘zi istamoqda.

Murabbiyning fikricha, Dembele yozda jamoani tark etadigan Jiru va Batshuayining o‘rnini bir o‘zi berkitishga qodir hujumchi.

Eslatib o‘tamiz, Dembele bu mavsumda 27 ta uchrashuvda maydonga tushgan o‘z hisobiga 17 ta gol yozib qo‘ygan.

“Manchester Yunayted” himoyachi izlamqda

 

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi “Napoli” klubi qanot himoyachisi Jovanni Di Lorenso bilan jiddiy qiziqib qoldi.

“Napoli” klubi rasmiy sayti bergan xabarlarga qaraganda, “qizil iblislar” 26 yoshli himoyachi uchun 30 million yevro to‘lashga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, fulbek bu mavsumda “A seriya”ning 25 ta uchrashuvida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol va 4 ta assist yozdirib qo‘ydi.

“Barselona” Alabani qo‘lga kiritadimi?

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi “Bavariya” himoyachisi David Alabani o‘z safida ko‘rmoqchi ekanligi haqida avvalroq ma’lumot bergan edik.

Transfermarketweb nashri bergan xabarlarga qaraganda, kataloniyaliklar avstriyalik himoyachini yaqinlashib kelayotgan yozda o‘z tarkibiga qo‘shib oladi.

Klub Alabani qo‘lga kiritish uchun Samuel Umtitini transferga qo‘yishi kutilmqda.

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” himoyachiga shuningdek “Real Madrid” va “Manchester Siti” klublari ham ko‘z tikkan.

Grilish “Aston Villa”da qolib ketadimi?

 

“Mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazayotgan “Astin Villa” sardori – Jek Grilish Birmingemda kamida yana bir mavsumga qolib ketishi mumkin.

O‘tgan kuni futbolchining avtohalokatga uchragani va karantin rejimini buzgani sababli “Manchester Yunayted” uni sotib olish fikridan qaytgan”- deb xabar bermoqda DailyMailnashri.

Manba bergan xabarlarga ko‘ra, “qizil iblislar” rahbariyati futbolchining xurmacha qilig‘idan so‘ng, uning transferidan voz kechgan va endilikda bor e’tibor Jeyms Meddisonga qaratiladi.

Zidan yana bir yosh futbolchini Madridga olib kelmoqchi

 

Madridning “Real” jamoasi ustozi Zayniddin Zidan yozda “Lion” klubining 16 yoshli yarim himoyachisi – Rayan Sherkini sotib olish taklifi bilan chiqdi.

Le10sport nashri bergan xabarlarga qaraganda, murabbiy o‘spirinning o‘yinidagi o‘sishidan hayratda. Yosh bo‘lishiga qaramay bu mavsum “Liga 1”da 6 ta uchrashuv o‘tkazgan futbolchi Madridga ko‘chib o‘tishga tayyor ekanligini o‘z ijtimoiy tarmoqlari orqali e’lon qilishga ham ulgurdi.

Voqeyalar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:35, 31.03.2020.
O'qildi: 7900 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.