Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

London meri «Arsenal», «Chelsi» va «Tottenxem»dan yordam so‘radi

London meri «Arsenal», «Chelsi» va «Tottenxem»dan yordam so‘radi

Baho:
+ | -

London meri Sodiq Omon Xon koronavirusga qarshi kurashda poytaxt klublaridan yordam so‘radi.

Siyosatchi «Arsenal», «Chelsi», «Tottenxem», «Vest Xem» va London shahrining yana 7ta jamoasiga murojaat qilib, klub tizimida ishlayotgan tibbiyot xodimlarini COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashga jalb qilishda yordam so‘radi. Shuningdek, u klublardan stadionlar va jamoa qarorgohini Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash xizmati xodimlariga taqdim etishni so‘radi.

«Men bunday masalalarga yengil qaramayman. Ishonchim komil, bunday og‘ir pallada London jamoalari ushbu masalaga jiddiy yondashishadi. Shifokorlarni qo‘llab-quvvatlash va londonliklar hayotini himoya qilish uchun biz birlashishimiz kerak», – deya yozdi Xon.

«Tottenxem» sog‘liqni saqlash xizmatiga o‘z shifokorlarini taqdim etdi, «Chelsi» shifokorlarning «Millenium» oteliga joylashishiga ijozat berdi, «Arsenal» esa tibbiyot xodimlariga xizmat ko‘rsatish uchun o‘z avtomobillarini berdi.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 07:00, 01.04.2020.
O'qildi: 3282 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик