Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Xayrulla Hamidov maqolasi: «ECHL qahramoni»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «ECHL qahramoni»

Baho:
+ | -

Birinchi aprel bugun. O‘tmishning yorqin yulduzlaridan biri Klarens Zeedorf tavallud topgan kun. Tunov kun uning do‘sti, o‘xshashi, vatandoshi Edgar Davids haqida gaplashgandik. Navbat Niderlandiya terma jamoasining o‘tgan asr oxirlarida porlagan yigitiga.

Uning maydondagi sarguzashtlari ajoyib. Eshiting bo‘lmasa:

1976 yil tug‘ilgan. Paramaribo shahrida, Surinam. Shu paytga qadar uchta turli klub bilan YECHLni yenggan yagona futbolchi hisoblanadi. "Ayaks" bilan 94/95, "Real" bilan 97/98, "Milan" bilan 2003 va 2007 yillari.

"Ayaks"ning o‘sha dovrug‘li maktabi tarbiyalanuvchisi. Yevropani zabt etgach, qirollik klubiga o‘tgan. U yerda ikki yillik missiyasini bajarib, "Inter" sari yo‘l olgan.

O‘zining aytishicha, Braziliyada dam olib yurganida, Marchello Lippi qo‘ng‘iroq qilgan, uni "Inter"da ko‘rishni istayotganini aytgan. Ronaldo va Vyerining ortida o‘ynatishga va’da bergan. "Neradzurri"dagi faoliyati u qadar yorqin bo‘lmasa-da, eslashga arziguli voqelik. "Inter"ga borganining boshqa foydali tomoni borki, Milan shahrining nomdosh klubiga o‘tishi oson kechdi. Uni "Milan"dagi Franchesko Kokoga almashtirilgan.

"Milan" Zeedorf uchun eng yaxshi klub bo‘ldi. 2002/03 yilgi mavsumda Italiya kubogini qo‘lga kiritdi — bu 26 yildan beri kutilgan natija edi, bir yil o‘tgach YECHL finalida "Yuventus"ni mag‘lub etishda ishtirok etdi. Shu bilan uchta jamoa bilan kubokni boshi uzra ko‘targan dastlabki va hozircha yagona futbolchi bo‘lib turibdi.

2007 yilgi "Milan" tarkibida esa, u umuman porladi. Turnirning eng yaxshi yarim himoyachisi nomini qo‘lga kiritib, Pirlo va Gattuzo bilan markazning qo‘rqinchli uchligini tashkil etdi. "Milan" 2011 yili uzoq kutilgan skudettoga egalik qildi.

Chempionlikda qahramonimiz asosiy rolni o‘ynadi, desak mubolag‘a bo‘lmas. O‘sha payt 35 yoshda bo‘lganini hisobga olsak, surinamlik o‘g‘lon 36 uchrashuvda muntazam harakat qildi. To‘rtta gol ham urdi. Oxirgi goli "Milan"ga chempionlik taqdim etgan gol.

Zeefdorf YECHL tashkil etilganidan buyon 20 ta kuchli futbolchilar ro‘yxatida 7-o‘rinda turadi. Aynan shu turnir uchun tug‘ilgan iqtidorlardan ekaniga yaxshigina misol.

Zeefdorfning murabbiyligi futbolchiligining teskarisi. "Milan"da boshlangan yangi soha keyingi klublarida ham chilparchin bo‘ldi. "Shenchjen"da ham omad kulmadi, "Deportivo" La Korunyada ham, Kamerun terma jamoasida ham faqat haydaldi.

Markaziy yarim himoyachilarning ko‘pi murabbiylik sohasida muvaffaqiyatli harakat qilayotganini hisobga olsak, Zeedorfda bu qobiliyat u qadar kuchli emasligiga endi iqrormiz. Klarens xotiramizda "Milan" libosida, 10-raqamda qolgani yaxshiroq.

Xayrulla Hamidov

Manba: https://t.me/x_hamidov

"Милан"га ярашган Зеедорф...

Kiritildi: 07:14, 01.04.2020.
O'qildi: 4745 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик