Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

“Manchester Yunayted” Saul uchun qancha to‘lamoqchi?

 

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi “Atletiko” yarim himoyachisi Saul Nigez uchun 150 million yevro to‘lamasligi aniq bo‘ldi.

“AS” nashri malum qilishicha, “qizil iblislar” ispaniyalik futbolchining transferiga 80 million yevro ajratadi.

Manba bergan xabarlarga qaraganda, yozda 25 yoshli futbolchi uchun kurashga “Manchester Siti” ham qo‘shilishi kutilmoqda. “Shaxarliklar” aynan Saulni David Silvaning o‘rinbosari sifatida ko‘rishmoqda.

“Barselona” hujumchisi APLga o‘tishi mumkin

 

Taniqli “DailyMail” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “Barselona” forvordi Martin Breytueyt yozda “Vest Hem” klubi a’zosi bo‘lishi mumkin.

Manba ma’lum qilishicha, “bolg‘achilar” “ko‘k-anor” rangililarga daniyalik futbolchi uchun 15 million yevro taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Martin shuningdek “Everton” va “Valensiya” klubilarining ham nishonida turibdi.

Kloppga fulbek kerak

 

“Liverpul” ustozi Yurgen Klopp qanot himoyachisi sotib olishni istamoqda.

“TaemTalk” nashri bergan xabarlarga suyanadigan bo‘lsak, Klopp PSJ qanot himoyachisi Levin Kurzava bilan shartnoma tuzishni istamoqda.

Germaniyalik murabbiy shu yo‘sinda Trend va Robertsonlar uchun sog‘lom raqobatni yo‘lga qo‘ymoqchi. Aytish joizki, Kurzava ikkita qanotda ham bir hil harakatlanishga qodir futbolchilar sirasiga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, fransiyalik futbolchi PSJni yozda erkin agent maqomida tark etadi.

“Arsenal”ga ispan kerak

“Diario Sport” nashri bergan xabarlarga qaraganda, Londonning “Arsenal” klubi “Real Madrid”dan ijaraga olingan Dani Sebalosni sotib olish fikridan voz kechgan.“Koninirlar” endilikda bor e’tiborini “Espanyol” yarim himoyachisi Marko Rokaga qaratadi.

Manbaning ma’lum qilishicha, “Arsenal” sport direktori koronavirus pandemiyasi chekinishi bilan transfer borasida muzokaralarga kirishadi.

Getse Bundesligada qolmoqchi emas

 

Yozda “Borussiya Dortmund” jamoasini erkin agent maqomida tark etishi kutilayotgan Mario Getse faoliyatini Bundesligada davom ettirishni istamayapti.

“Bild” nashri bergan xabarlarga ko‘ra, yarim himoyachi “kuchli beshlik”da harakat qiluvchi klublardan birida o‘zini sinab ko‘rmoqchi.

Ayni damda, 27 yoshli futbolchiga “Everton”, “Napoli”, “Milan” va “Vest Hem” klublari taklif bilan chiqqan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:35, 02.04.2020.
O'qildi: 9018 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.