Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Shahzod Shaymanov: «Futbolsiz qolish qiyin bo‘lar ekan»

Shahzod Shaymanov: «Futbolsiz qolish qiyin bo‘lar ekan»

Baho:
+ | -

Ushbu mavsumda “Lokomotiv” safiga qo‘shilgan Shahzod Shaymanov bugun tug‘ilgan kunini nishonlayapti. Shu munosabat bilan undan qisqacha intervyu oldik.

— Shahzod, avvalo tug‘ilgan kun bilan tabriklaymiz! Bayramni nishonlash qanday bo‘lyapti?
— E’tibor va tabrik uchun rahmat. Tug‘ilgan kunni hamma qatori oila davrasida nishonlayapmiz.

— Karantin paytida nimalar bilan bandsiz?
— Bu o‘rinda eng asosiysi uyda qolib karantin qoidalariga amal qilishdir. Men ham shunga amal qilyapman.

— Jismoniy holatni bir maromda ushlab turish uchun nimalar qilyapsiz?
— Jamoamiz murabbiylari tomonidan tuzib berilgan dastur bo‘yicha har kungi jismoniy mashqlarni qilib turibman. Imkon qadar o‘z formamni ushlashga harakat qilyapman.

— Futbolni qanchalik sog‘indingiz?
— To‘g‘risini aytsam, futbolsiz qolish juda qiyin ekan. Lekin na iloj. Hech kim ilgari bunday holatga tushmagandi. Albatta, sevimli ishingizni sog‘inmay bo‘lmaydi. Umid qilamanki, tez orada hammasi ortda qolib yana mashg‘ulotlarga qaytamiz.

— Nima deb o‘ylaysiz, karantindan keyin yana o‘yin ritmiga tushib olish qiyin bo‘ladimi?
— Birdaniga moslashib ketish qiyin bo‘lishi mumkin, lekin uyda ham mashqlar qilib turganimizni inobatga olib tezroq ritmga moslashib olishga harakat qilamiz.

— Kun bo‘yi uyda zerikib qolmaslik uchun qanday tavsiyalarni berasiz?
— Karantin paytida uyda o‘tiraverib zerikib qolmaslik uchun avvalambor qiziqarli kioblar o‘qishni, sport bilan shug‘ullanishni, uy ishlariga ko‘maklashishni va qiziqarli teledasturlarni ko‘rib borishni maslahat bergan bo‘lardim.

— Shu kunlarda kitob o‘qiyapsizmi?
— Ha, kitob o‘qish bilan mashg‘ulman. Uchqun Nazarovning “Chayon yili” asarini mutolaa qilyapman.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 00:05, 03.04.2020.
O'qildi: 1996 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик