Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/01 00:45 Roma 1-1 Milan
26/01 01:00 Alaves 2-1 Betis
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids

Lautaro Messiga o‘rinbosarmi? Saviola javob berdi

Lautaro Messiga o‘rinbosarmi? Saviola javob berdi

Baho:
+ | -

«Barselona»ning argentinalik sobiq hujumchisi Xavyer Saviolaning fikricha, kataloniyaliklar kelajakda Messining o‘rnini bosishi uchun albatta Lautaro Martinesni sotib olishi shart degan fikrda.

«Ko‘k-anorranglilar» Lautaro Martinesni sotib olish niyatida ekanliklari ma’lum. Matbuotda futbolchi ushbu bitimga qarshi emasligi aytilmoqda. Shu sababli, "Barselona" hozirda "Inter"ga mos keladigan taklif yuborishga harakat qilmoqda.

«Ha, bu juda zo‘r! Lautaro – hozirgi kunda dunyoning eng kuchli hujumchilaridan biri. Menga uning futbolga bo‘lgan munosabati yoqadi. Martines – yosh hujumchi, biroq, futbolni juda yaxshi tushunadi. U qoyilmaqom o‘yinga ega.

Lautaro «Barselona»ga juda mos tushadi. U to‘g‘ri o‘yin falsafasiga ega. Men uni birinchi marta ko‘rganimda, u buyuk klublar uchun mo‘ljallanganini payqaganman. U kelajakda Messining o‘rnini bosadi», — dedi Saviola.

Kiritildi: 09:33, 07.04.2020.
O'qildi: 3844 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.