Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio 2-0 Empoli
12/05 17:00 Kadis 1-0 Xetafe
12/05 18:00 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/05 18:00 Verona 1-2 Torino
12/05 19:00 Neftchi 2-2 Andijon
12/05 19:00 So‘g‘diyona 1-2 Navbahor
12/05 19:15 Atletiko 1-0 Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted 0-1 Arsenal
12/05 21:00 Yuventus 1-1 Salernitana
12/05 21:30 Valensiya 0-0 Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta 2-1 Roma
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel - Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti

Ronaldu o‘tishi mumkin bo‘lgan 5 ta klub

Ronaldu o‘tishi mumkin bo‘lgan 5 ta klub

Baho:
+3 | -

Stadion.uz “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning keyingi manzili bo‘lishi kutilayotgan 5 ta klub nomini taxmin qilib ko‘radi.

Turin superklubi Italiyadagi moliyaviy inqiroz chog‘ida o‘z futbolchilarining ayrimlarini transferga qo‘yishga qarshi emas. So‘nggi kunlarda Ronalduning Turinga qaytib kelmasligi borasida xabarlar ko‘payib bormoqda. “Yuve” ham bu xabarlarning yolg‘on ekanligini, Ronaldu jamoada qolishini e’lon qilganicha yo‘q. Agar Ronaldu ketsa, uning keyingi manzili qaysi klub bo‘ladi? Bugun shu savolga javob izlab ko‘ramiz.

«Pari Syen-Jyerman»

Ko‘plab Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, Ronalduga birinchilardan bo‘lib Parijning «PSJ» jamoasi haridor bo‘lishi kutilmoqda. Gap shundaki, futboldagi inqiroz davrida ham qatarlik investorlarda hech qanday muammo mavjud emas. Turinliklar Ronaldu uchun 70-90 million yevro atrofida so‘rashlari turgan gap. Hozircha Ronaldu bu variant borasida lom-mim demagan bo‘lsa-da, «PSJ» rahbarlari uning transferi uchun barcha narsaga tayyor. Gap shundaki, agar Ronalduni «PSJ» sotib olsa, u katta ehtimol bilan yozda “Barselona”ga qaytishi kutilayotgan Neymarning o‘rnini egallashi mumkin.

«Guanchjou Evergrand»

Ronalduning Turinga qaytmoqchi emasligi borasidagi xabarlar paydo bo‘lgach, Xitoyning «Guanchjou Evergrand» klubi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro uni jamoasiga chorladi. Bundan tashqari, murabbiy futbolchi o‘z karyerasi so‘nggida Xitoyda to‘p surish niyati bor ekanligini aytganiga ham sha’ma qildi. Hozircha bunga ishonish qiyindek tuyulmoqda, biroq Xitoy klubi super shartnoma taklif etsa, nima uchun Krish Osiyoga tashrif buyurmasligi mumkin? Tan olish lozim, Ronaldu 35 yoshda va bu mantiqiy yakuntobora yaqinlashib kelayotganidan dalolat bermoqda. O‘tgan mavsumda golfchi Beyl uchun haftasiga 1 million yevro va’da qilgan klub, Ronalduga qancha taklif qilishini tasavvur qilyapsizmi? Boz ustiga, murabbiy ham eski qadrdonlardan. Bu variantni ham chetga surib tashlashga shoshilmang!

“Manchester Yunayted”

Taniqli “The Sun” nashrining ma’lum qilishicha, “Manchster Yunayted” hali-hamon Ronalduni ortga qaytishini intiqlik bilan kutmoqda. Hatto 35 yoshda bo‘lsa ham. Gap shundaki, Krishtianu “Manchester Yunayted”ning so‘nggi 5 yil ichida keskin tushib ketgan marketing ishlarida, muxlislar armiyasining kengayishida, yangi reklama shartnomalarida qo‘l kelishi mumkin. Bundan tashqari, uning 7-raqamni qaytarib olishi, muxlislarning klubga bo‘lgan ishonchini qaytarishi mumkin. Manba bergan xabarlarga qaraganda, futbolchining o‘zi ham Angliyaga qaytishga qarshi emas. U va uning jamoasi ortga qaytish borasida boshqotirishayotgani haqida ma’lumotlar mavjud. Agar Krish ortga qaytsa, bu APLdagi intriganing super darajada ko‘tarilishini ta’minlashi aniq!

“Manchester Siti”

Bu haqiqatdan yiroq tuyulishi mumkin, biroq Britaniya nashrlarining ma’lum qilishicha, arab shayxlari Ronalduning yozda “shaharlik”ka aylanishi uchun katta summani ayab o‘tirmoqchi emas. Shunga qaramay, katta ehtimol bilan bu transfer qog‘ozda qolib ketsa, ajab emas. Gap shundaki, Ronaldu “qizil iblislar”ning muxlislari ko‘z oldida “xoin”ga chiqishni istamasligi aniq. Shunday bo‘lsada, Figuning “Real Madrid”ga o‘tib ketganini unutmagan bo‘lsangiz kerak? Yana kim biladi deysiz?!

“Inter Mayami”

Katta ehtimol bilan Krishtianu qachondir shu klub libosini kiyishi aniqqa o‘xshab bormoqda. Klub egasi Devid Bekxem o‘z intervyularida Ronaldu va Messini o‘z jamoasi safida birga ko‘rish orzusi haqida tinmay so‘zlab kelmoqda. Agar olib kelishni ahd qilgan bo‘lsa, Beks ishni Ronaldudan boshlashi mumkin. Agar Messini olib kelishning iloji bo‘lmasa ham Ronaldu MLSdagi futbolning rivoji uchun fantastik turtki berishi turgan gap. Boz ustiga, iqlim va nisbatan zich bo‘lmagan taqvimli mavsumda Krish o‘zini yanada erkin tutishi turgan gap. Tez orada 40 ni qoralaydigan Zlatan yondirgan MLS maydonlarini nahotki 5 ta “oltin to‘p” egasi o‘ziniki qilaolmasa? Ronaldu uchun eng optimal variant sifatida MLS ko‘rsatilmoqda, biroq Krish Messi bilan raqobatdan chekinarmikan? Barchasini vaqt ko‘rsatadi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 07:04, 08.04.2020.
O'qildi: 18214 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.