“Rux” havbeki Yaroslav Martinyuk qaysi chempionatda o‘ynashni va qaysi mamlakatda yashashni xohlashini aytdi.
“Aniq O‘zbekistonga bormas edim. Bu faoliyatimdagi eng qiyin davr bo‘lgandi. Men u yerda yarim yil bo‘ldim. O‘zbekistonda dahshatli iqlim sharoitlari mavjud. Bundan tashqari, men zavodlar ko‘p, chang shaharga borganman. O‘sha yerlarga qancha berishsa ham, qayta bormasdim.
Kiprda yashagan bo‘lardim. U yerda 3 yil bo‘lganman, ammo begona davlatda yashash oson emas. Uning uchun tilni yaxshi bilishingiz kerak va daromadingiz ham yaxshi bo‘lishi kerak. Men butun xayotimni Ukrainada yashab o‘tkazmoqchiman”, -deydi futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Martinyuk O‘zbekistonning “Olmaliq” (hozirgi AGMK) klubi sharafini himoya qilgan.