Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Gvardiolaning onasi qanday ayol edi?!

Gvardiolaning onasi qanday ayol edi?!

Baho:
+ | -

Barselonadan 70 km uzoqlikda Monserrat tog‘lari yonbag‘rida Sanpedor qishlog‘i mavjud. Quyoshli qishloqning ko‘chalari doimo tinch va ozoda. Atigi ming kishi istiqomat qiluvchi shaharchada bundan 50 yil avval oddiy ishchi oilasida futbolda katta inqilobni amalga oshiruvchi Xosep Gvardiola tavvalud topishini kim o‘ylabdi deysiz?

Bundan yarim asr avval Sanpedor qishlog‘ilik qiz - Dalors Sala Karrio ValentinGvardiolani sevib qoladi va ular turmush qurishadi. Dolors Valentinga 4 ta farzand tug‘ib beradi. Franchesko, Pere, Olga, va Xoseplar oddiy ishchi oilasida katta bo‘lishlariga qaramay, ularning barchasi hayotda o‘z yo‘llarini topib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

“Men farzandlarim bilan faxrlanaman. Sababi, ularning barchasi qaynoq qalb egalari. Biz ularning hayotda zafar quchishlari uchun ta’lim olishlarini ta’minladik. Va eng muhimi, ularga barcha narsaga mehnat bilan erishish mumkinligini uqtirdik. Eng muhimi esa, biz ularni yaratgandan qo‘rqadigan insonlar qilib tarbiyaladik”, —degan edi Dolors o‘g‘li dunyoning eng yaxshi murabbiyi bo‘lib yetishganida.

70-yillarga kelib butun boshli Ispaniyada sanoat olamida inqirozkuzatildi. Oqibatda, Dolors uyda farzandlar tarbiyasi bilan shug‘ullanishni boshladi. Sabrli ayol eri – Valentin Gvardiolaning o‘z qo‘li bilan qurgan uyida farzandlarini katta qildi va o‘sha uyda umrining oxirgi kuniga qadar shu uyda istiqomat qildi.

“Sanpedor” – Bu barcha bir-birini taniydigan aholi istiqomat qiluvchi kam sonli shaxarlardan biri. Men doimo e’rtalab qo‘limda to‘p bilan ko‘chaga chiqib ketar edim. Keyin birin-ketin qo‘shni bolalar chiqib kelishar va biz soatlab futbol o‘ynar edik. Men faqat onamning ovqatlanish uchun chaqirganlaridagina uyga kirar edim. Biror marotaba onamning: “Tashla to‘pni, 5 daqiqadan so‘ng stol oldida bo‘l!”, deb aytilgan so‘zlaridan oldin uyga kirmaganman” – Pepning xotiralarini yodga oladi Giyem Balag o‘zining “G‘alabaga o‘zga yo‘ldan” nomli kitobida.

Qachonlardir kichik Pep ota-onasi bilan Sanpedor qishlog‘i yaqinidagi Manres shaharchasigatashrif buyuradi. 7 yoshli Pep ilk bor futbol to‘garagiga boradi. Futbol maktabiga kirish uchun tanlovga yig‘ilgan bolalarni ko‘rgan Pep darrov bu uning hayot yo‘li ekanligini chuqur anglab yetadi. Ota-onasiga futbol maktabida qolish fikrini bildirganida, hech kim unga qarshilik qilmaydi. Oddiy oila bo‘lishiga qaramay, o‘g‘lining barcha istaklarini amalga oshirishga o‘rganib qolgan Gvardiolalar Pep Manres shahridagi futbol maktabida qoldirib ortga qaytadi. Pep futbol maktabidagi eng ozg‘in yigit bo‘lishiga qaramay, eng iqtidorlisi ham edi. Dolorsning Giyem Balagega bergan intervyusiga e’tibor qarating: “Pep juda oriq edi. Shunga qaramay, u maydonda barchadan ko‘proq harakat qilar edi. Ochig‘i, o‘g‘limning ter to‘kib jamoaga kirishib ketishga harakat qilayotganini ko‘rsam ko‘nglim g‘alati bo‘lar edi”.

Keyinchalik “Barselona” jamoasida bir necha bor ko‘rikdan o‘tgan Pepni klub ota-onasi bilan muzokaralar o‘tkazadi. Keyin esa, “La Masiya”dan tushgan taklif. Yuqorida nomi zikr qilingan kitobda aytilishicha, Gvardiola anchagina ko‘rimsiz ahvoldagi “La Masiya”ga tashrif buyurgach ikkinchi qavatga yurugib chiqadi va oynani ochadi. U chuqur nafas olgancha: “Qarang oyi! Men har kuni tongda uyg‘onib oynadan “Kamp Nou”ni tomosha qilishim mumkin!”

Xosep Gvardiolaoradan bir necha 10 yillar o‘tgach, 38 yoshida “Barselona” bosh murabbiyi etib tayinlanganidan so‘ng, Dolors juda qiziq intervyu beradi: “U futbolchilik chog‘idayoq futbolni o‘zgacha rakursda ko‘ra olgan va uni xuddimurabbiylardek o‘qiy olar edi”.

Shu o‘rinda Dolorsning Pepga qay darajada ishonganini isbotlab beruvchi yana bir intervyu: “Men “Chelsi” bilan Londonda bo‘lib o‘tgan 2009-yildagi uchrashuvni yaxshi xotirlayman. O‘yin asabiy o‘tganiga qaramay, men sira pinagimni buzganim yo‘q. Hakam 4 daqiqa qo‘shib bergach, men atrofimdagilarga endi biz gol uramiz dedim. Aytdim ham biz o‘sha golni kiritdik. Barchasi kutganimdek bo‘ldi”.

Aslida Dolors Gvardiolaga aloqador futbol uchrashuvlarini doim ham tomosha qilavermaydi. Valentin Gvardiola: “Dolors Pepning jamoasi maydonga tushsa, boshqa xonaga chiqib ketadi. U o‘g‘li uchun qayg‘urgani sababli asablari dosh bermaydi. Shunday bo‘lsada, men gol deb baqirishim bilan xonaga yugurib kiradi”.

“TheWorld” nashri uchun Valentin va Dolors tomonidan berilgan katta intervyuni o‘qigan bo‘lsangiz, Dolors va Valentinning naqadar sodda odamlar bo‘lishganiga yana bir boramin bo‘lasiz.

Pepning ota-onasi Gvardiola yangi uy olib berganiga qaramay, farzandlari katta bo‘lgan qishloqda hayot kechirishni afzal ko‘rishgani e’tiborga molik. Qahramonlarimiz Kataloniyaga tashrif buyurganda ham OAVdan qochish uchun doimo o‘zlarini tanitmaslikka urunishgan. 2012-yilda Gvardiolaning “Barselona”dan ketishini birinchi bo‘lib Dolors xonim xabar topadi. Pep uzoq vaqt qolish yoki ketishni bilmay arosatda qolganida, aynan Dolors xonim unga boshqa jamoaga yo‘l olish uchun turtki bo‘ladi.

Uning xayrlashuv uchrashuvi juda ta’sirli bo‘lgan edi. U klubdan ketmoqchi ekanligini aytganida, tushundimki,unga o‘zini yana bir ko‘rsatish uchun yangi muhit kerak. To‘g‘ri, “Barselona” bu “Barselona”, biroq inson harakatda davom etishi darkor”.

6 aprel sanasida Dolors Sala Karrio Pep futbolni sevib qolgan Manres shaharchasidagi shifoxonada koronavirus sababli olamdan o‘tdi. Qanchalar achinarli bo‘lmasin, barcha boshlangan ishning yakuni bor va amalga oshdi. Pep singari futbol olamida yangilik yarata olgan, barchaning futbolga bo‘lgan qarashlarini fikrini o‘zgartirgan murabbiyni, tug‘ma chempioni dunyoga keltirgan Dolors xonim olamdan o‘tdi.

Yaxyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:57, 10.04.2020.
O'qildi: 4731 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.