Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

O‘zbekistonda yana Sidney Jekson xotira turniri o‘tkazilishi Osiyo boks konfederasiyasi e’tirofida

O‘zbekistonda yana Sidney Jekson xotira turniri o‘tkazilishi Osiyo boks konfederasiyasi e’tirofida

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Kuni kecha Osiyo boks konfederasiyasi matbuot xizmati O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Sidney Jekson xotira turniriga bag‘ishlangan katta maqola chop etdi. Biz ushbu maqolani o‘zbek tiliga tarjima qilgan holda e’tiboringizga havola etmoqchimiz.

"O‘zbekiston boks federasiyasi an’anaviy Sidney Jekson xotira turniri yana o‘tkazadi, ushbu musobaqa 2021 yilgi musobaqalar taqvimidan o‘rin oldi", deb boshlanadi maqola.

Osiyo boks konfederasiyasi Ijroqo‘m a’zosi, O‘zbekiston boks federasiyasi birinchi vise-prezidenti Saken Polatov ushbu musobaqani yana o‘tkazilishini ma’lum qildi. O‘zbekiston Ammanda o‘tkazilgan Osiyo/Okeaniya lisenzion turnirida 7 ta yo‘llanmaga ega chiqdi. Ularning 6 tasi erkaklar, 1 tasi esa ist’edodli bokschi qiz tomonidan qo‘lga kiritildi.

Sidney Jekson XX asrning birinchi yarmida O‘zbekistonda boks asoschilaridan biri bo‘lgan. Musobaqa O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, mamlakatda boks rivojiga katta hissa qo‘shgan Sidney Jekson xotirasiga bag‘ishlab o‘tkaziladi. U 1920 yildan so‘ng mamlakatda ilk murabbiy bo‘lgan va o‘zbek bokschilarining dastlabki avlodini tarbiyalagan.

Musobaqa 2021 yilda yana o‘tkaziladi. Bahslarning o‘tkazilish sanalari jahon Olimpiya lisenzion turniridan so‘ng ma’lum bo‘ladi. O‘zbekiston boks federasiyasi ushbu musobaqaga jahonning eng yetakchi mamlakat bokschilarini taklif etishni maqsad qilgan. Shuning uchun ham musobaqa 2021 yilning eng yorqin turnirlaridan biri bo‘lishi mumkin. Toshkent mezbonlik qiladigan yangicha ko‘rinishdagi Sidney Jekson xotira turniri "A" klass toifasidagi musobaqa bo‘lishi kutilmoqda.

Sidney Jekson xotira turniri o‘tgan asrning 60-yillarida o‘tkazila boshlangan. 50 yil davomida, Sobiq Ittifoq paytida musobaqa o‘zbek bokschilarining tajriba to‘plashi uchun xizmat qilgan. So‘nggi marotaba turnir 2014 yili tashkil etilgan. Shu paytgacha ushbu musobaqa 48 marotaba o‘tkazilgan.

O‘zbek boksi yulduzlari ichida 1975 yili Alisher Risqiyev ushbu turnir oltin medalini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Sovet Ittifoqi davrida Rufat Risqiyev, Vladimir Shin kabi o‘zbek boksining darg‘alari ham musobaqada g‘olib chiqishgan.

Mamlakat mustaqillikni qo‘lga kiritganidan so‘ng 2000 yilgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Muhammadqodir Abdullayev, ikki karra jahon chempioni Abbos Atoyev, ikki karra Osiyo o‘yinlari g‘oliblari Elshod Rasulov va Bahodirjon Sultonovlar Sidney Jekson xotirasiga bag‘ishlangan turnir g‘olibi bo‘lishgan. Rio Olimpiadasi g‘oliblaridan Fazliddin G‘oibnazarov va Hasanboy Do‘smatov ham ushbu musobaqada oltin medalga sazovor bo‘lishgan.

2014 yilda so‘nggi marotaba o‘tkazilgan Sidney Jekson xotira turnirida Murodjon Ahmadaliyev, Elnur Abduraimov, Rustam To‘laganov, qirg‘izistonlik Azat Usenaliyev kabi yulduzlar o‘z vazn toifalarida g‘olib chiqishgan. London Olimpiadasi bronza medali, jahon chempionati finalchisi hisoblangan qozog‘istonlik Ivan Dichko 2014 yili tashkil etilgan turnirda +91 kg vazn toifasida oltin medalga ega chiqqandi.

Manba: https://t.me/boxinguzbekistan
Kiritildi: 00:33, 11.04.2020.
O'qildi: 2418 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик