Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

«Energetik-BGU» ilk marta yutqazdi

«Energetik-BGU» ilk marta yutqazdi

Baho:
+ | -

Belarus chempionatining ushbu mavsumdagi peshqadami «Energetik-BGU» 4-tur doirasida «Torpedo-BelAZ» klubi mehmoni bo‘lib, imkoniyatni boy berdi.

"Talabalar" birinchi bo‘limda faol o‘ynashga intilishdi, ammo yaratilgan kam sonli imkoniyatlardan foydalana olishmadi. Boz ustiga, mezbon himoyachilar o‘yinni asosiy tarkibda boshlagan Yaxshiboyevni yaxshi qo‘riqlashdi.

Ikkinchi bo‘limda mezbonlar ikkita imkoniyatdan samarali foydalanishdi. 55-daqiqada Xachaturyan, 66-daqiqada esa Gabriyel Ramos mehmonlar darvozasini ishg‘ol qildi.

Bahsning 59-daqiqasida Shahboz Umarovning maydonga tushishi ham «Energetik-BGU»ga naf keltirmadi. Jasur esa o‘yin oxirigacha maydonda harakat qildi.

Shu tariqa, «Energetik-BGU» mavsumda ilk marta yutqazgan bo‘lsa, «Torpedo-BelAZ» ochkolar bo‘yicha peshqadamga yetib oldi.

Belarus chempionati, 4-tur
Torpedo-BelAZ – Energetik-BGU 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 55 Xachaturyan, 2:0 – 66 Gabriel Ramos.
Torpedo-BelAZ – Bushma, Ustinov, Bordachev, Yashin, Stepanov, Afanasyev (Nikolayevich, 64), Xachaturyan, Premudrov, Gabriel Ramos, Antilevskiy (Lipe, 79), Gorbachik (Yusov, 62).
Energetik-BGU – Sadovskiy, Yudchis (Girs, 70), Sokol, Shkurdyuk, Svirepa, Mavatu, Nosko, Yaxshiboyev, Sovpel (Umarov, 59), Tve, Atemeng (Bakich, 46).
Ogohlantirishlar: Sovpel (11), Nosko (17), Gabriel Ramos (45), Girs (77), Bakich (85).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:55, 11.04.2020.
O'qildi: 4149 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик