Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Tomas Baxning Yaponiya safari koronavirus sabab bekor bo‘ldi

Tomas Baxning Yaponiya safari koronavirus sabab bekor bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax kelasi oy Yaponiyaga borishi rejalashtirilgan edi. Biroq COVID-19 pandemiyasining keng tarqalishi sabab ushbu safar bekor qilindi.

Bax safari davomida kelasi yilgi qoldirilgan Tokio Olimpiadasi bilan bog‘liq bir qator rasmiy uchrashuv va tadbirlarda ishtirok etishi lozim edi. Jumladan, 1945 yil atom bombasidan zarar ko‘rgan Xirosima shahridan olib o‘tishi rejalashtirilgan Olimpiya mash’alasi bunga misol.

Ta’kidlash joiz, Yaponiya hukumati so‘nggi 14 kun ichida Yevropaning har qanday mamlakatida bo‘lgan insonga mamlakatga kirishni taqiqlovchi qaror chiqargan. Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe o‘tgan haftadan boshlab mamlakatning Tokio va yana 6 prefekturada favqulodda holat e’lon qilgan edi.

Kunchiqar yurt poytaxtida 1700 nafar inson koronavirusga chalingan bo‘lib, bu ko‘rsatkich Yaponiyaning barcha hududlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib turibdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 11:35, 12.04.2020.
O'qildi: 1601 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.