Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Jeparov 14 kun karantinda «o‘tirib» chiqdi (foto)

Jeparov 14 kun karantinda «o‘tirib» chiqdi (foto)

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiton terma jamoasi sobiq futbolchisi ayni damda O‘zbekiston U-14 terma jamoasi bosh muraiyi Server Jeparov farzandi bilan 14 kunlik karantin muddatini o‘tadi. Bu haqda uning o‘zi “Instagram”dagi sahifasida ma’lum qildi.

“COVID-19. Maxsus jihozlangan konteynerlarda 14 kun bo‘ldik. Prezidentimiz Shavkat Miromonovichga o‘z halqiga g‘amxo‘rlik qilayotgani uchun tashakkur! Shaxsan mening fikrimcha, u yer zarur bo‘lgan barcha narsalar bilan jihozlangan.

4 kishi yashadik. Ikki qavatli krovat va toza to‘shak. Televizor, kondisioner, hojatxona, dush, issiq va sovuq suv, shahar telefoni, choynak qaynagan suvi bilan, suv qaynatishga maxsus choynak, piyola, gigiyena vositalari, tish pastasi, cho‘tkalar, niqoblar, qo‘lqoplar, sovun, shampun, tozalikni saqlash uchun chelak va latta bor.

Ovqat kuniga 3 mahal berildi. Kotletlar, tovuq, guruch, grechka, perlovka, makaronlar, palov, suv, salatlar, olmalar, mandarinlarning barchasi bir martalik idishlarga solingan, bu esa karantin qoidalariga rioya qilinayotganidan darak beradi. Desertga choy va shirin pechenyelar, ertalabki nonushtaga esa yogurt, tuxum, bo‘tqa, sariyog‘, pishloq, sosiskalar berildi.

Men chin dildan biz bilan birga bo‘lgan shifokorlarga, xizmat ko‘rsatgan xodimlarga, kundalik muammolarimizni hal qilganlarga minnatdorchilik bildiraman. Bu ular tomonidan ko‘rsatilgan haqiqiy qahramonlik.

Biz buni uddaladik, bu oson emasdi. Sharoitlar yashashimizni osonlashtirdi. Yana bir bor mamlakatimiz Prezidenti hamda uning jamoasiga tashakkur. Endi men va o‘g‘lim uy karantinida bo‘lamiz. Keling, barchamiz birgalikda pandemiyaga qarshi kurashaylik. Faqatgina shu yo‘l bilan COVID-19 virusini yengishimiz mumkin”, deya yozib qoldirdi Jeparov.

View this post on Instagram

COVID-19.14 дней карантина в спец оборудованных контейнерах. Спасибо нашему Президенту Мирзяеву Шавкат Миромоновичу за заботу о своём народе! Лично мое мнение контейнеры оборудованны всем необходимым для проживании на карантине. Жили по 4 человека.Двух ярусная кровать,с матрасом и с чистой постелью. Телевизор,Кондиционер,туалет,душ,горячая-холодная вода ,телефон стационарный ,чайник кипятить воду,чайник заварочный,пиалы.Средство гигиены ,паста зубная,щётки,маски,перчатки,мыло ,шампунь. Ведро ,тряпки для уборки. Питание было 3 раза в день,котлеты,курица,рис,гречка,перловка,макароны,плов,вода,салаты,яблоки,мандарины все приносилось в одноразовой посуде что говорит о соблюдении карантина.чай и печеньки сладким на десерт.на завтрак йогурт,яйца,каши,масло,сыр,сосиски. Хочу от всей души поблагодарить обслуживающий персонал,врачей которые брали у нас анализы,всех кто был с нами эти 14 дней,решали бытовые проблемы,это действительно героизм с вашей стороны. Мы справились с этим,это было не легко.такие условия облегчили нам прибывание.еще раз спасибо Президенту страны и его команде.Теперь у меня и у сына домашний карантин. Давайте все вместе как единое целое будем бороться с пандемией ,выполняя все карантинные требования,только так мы сможем победить вирус COVID-19.

A post shared by Server (@djeparov8) on

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:41, 12.04.2020.
O'qildi: 5847 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.