Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Kike Setyen YECHLda g‘olib chiqish va Kubokni o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishlog‘iga olib borish istagini bildirdi.
- Bu turnirda g‘olib chiqishda doim orzu qilganman. YECHL g‘olibligini qo‘lga kiritib, kubokni Kantabriyadagi o‘zim tug‘ilib o‘sgan Liyenkres qishlog‘iga olib borib, mollarimga ko‘rsatishni xohlayman. Men La Ligada ham, YECHLda ham g‘alaba qozonishni istayman — Setyenning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca.