Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Pavlyuchenko: "Messi va Ronaldular Rossiyaga kelib, o‘ynab ketolmasliklari mumkin"

Pavlyuchenko: "Messi va Ronaldular Rossiyaga kelib, o‘ynab ketolmasliklari mumkin"

Baho:
+ | -

Moskvaning "Spartak" va Rossiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Roman Pavlyuchenko moskvaliklar tarkibida ijarada o‘ynayotgan Dortmundning "Borussiya" klubi futbolchisi Andre Shyurrlening transferini sotib olmaslikka qilgan qaroriga munosabat bildirdi.

"Spartak" uchun Shyurrle hech narsa qilgani yo‘q. To‘g‘ri, u Jahon chempioni, jamoada yetakchi bo‘lishni xohlagandi, hamma undan shu narsani kutgandi. U bo‘lsa buni uddalay olmadi.

Undan "Spartak" klubiga foyda bo‘lmadi. Nega? Faktorlar ko‘p, u nima uchun Rossiyaga kelganini bilmaymiz-ku?! Balki, u uchun birinchi o‘rinda pul bo‘lishi mumkin. Uning qandaydir foydasi tekkan bo‘lishi mumkin, lekin juda kam.

Men boshqa chempionatlarda o‘ynagan Shyurrleni Rossiyada ko‘rmadim. Avvalgi Shyurrledan asar ham qolmadi. Jamoa u bilan yaxshi o‘ynamadi.

Bizning chempionat shunaqa: hatto Ronaldu va Messilar kelib, o‘ynab keta olmasliklari mumkin. Ular Yevropada boshqa futbolchilar, bu yerga kelsa umuman boshqa futbolchilarga aylanib qolishadi", - dedi Pavlyuchenko.

Shyurrlening transferini sotib olish uchun "Spartak" 7 million yevro to‘lashi kerak edi. Shyurrlening "Borussiya" bilan tuzilgan shartnomasi 2021 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 02:29, 18.04.2020.
O'qildi: 2774 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик