Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

«O‘lmas iqtiboslar»: Jorj Best

«O‘lmas iqtiboslar»: Jorj Best

Baho:
+ | -

E’tiboringizga "O‘LMAS IQTIBOSLAR" loyihasining navbatdagi sonini taqdim etamiz. Bu safar "MYU" va Shimoliy Irlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi, "Oltin to‘p" sohibi (1968) Jorj Best tomonidan aytilgan iqtiboslarni o‘qishingiz mumkin.

  • “Hakamning o‘yinni yakunlovchi xushtagini o‘lgudek yomon ko‘raman. Chunki agar yaxshi o‘ynayotgan bo‘lsam, buning tugamasligini istayman. Hech narsa qovushmayotgan bo‘lsa, hammasi joyida bo‘lguncha ko‘nglim joyiga tushmaydi”
  • “Men hech qachon ser Alf Remsining to‘psiz harakatlanish va pressing qilish haqidagi nazariyasini qabul qilmayman. Men futbolchiman, demak to‘p menda bo‘lishi shart”
  • “1969 yilda ichkilik va ayollarga o‘ralashib qoldim. Bu xayotimning eng yomon yigirma daqiqasidir”
  • “Aytishlaricha, Pol Gaskoyn – yangi Jorj Best emish. Nima, u ham uch nafar dunyo go‘zali bilan birga bo‘lganmikan?”
  • “Bir kun Gaskoyning IQ si uning libosidagi nomeridan ham past, deb aytgandim. U bo‘lsa mendan “IQ nima?” deb so‘radi”
  • “Uning juda omadi kelgan. Aslida u oddiy bir futbolchi, shunchaki, futbolda haqiqiy shaxsiyatlar bo‘lmagan davrlarda paydo bo‘lgandi” (Kevin Kigan haqida)
  • “Umrim davomida ichgan barcha shampan vinolaridan voz kesgan bo‘lardim – atigi bir marotaba, “Old Trafford”da, u bilan yevrokubok o‘yinida birga o‘ynash uchun” (Erik Kantona haqida
  • “Chap oyoqda tepa olmaydi, boshi bilan yomon o‘ynaydi, to‘p uchun kurashish qo‘lidan kelmaydi, ko‘p gol urmaydi, ammo boshqa jihatlarda unga gap yo‘q” (Devid Bekxem haqida)
  • “Agar men xunuk bo‘lib tug‘ilganimda, siz Pele haqida umuman eshitmagan bo‘lardingiz”
  • “Mening oyog‘imga tepishyaptimi, demak men ulardan kuchliroqman”
  • “Men kabi o‘lmanglar!” (Bestning so‘nggi murojaati
Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:51, 18.04.2020.
O'qildi: 5365 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик