Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/01 01:00 Valensiya 1-2 Real Madrid
04/01 17:30 Tottenhem - Nyukasl
04/01 19:00 Venetsiya - Empoli
04/01 20:00 Bornmut - Everton
04/01 20:00 Aston Villa - Lester
04/01 20:00 Kristal Pelas - Chelsi
04/01 20:00 Sautgempton - Brentford
04/01 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
04/01 22:00 Fiorentina - Napoli
04/01 22:30 Brayton - Arsenal
05/01 00:45 Verona - Udineze
05/01 16:30 Monsa - Kalyari
05/01 19:00 Fulhem - Ipsvich
05/01 19:00 Lechche - Jenoa
05/01 21:30 Liverpul - Man. Yunayted
05/01 22:00 Torino - Parma

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Pep va Jo...»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Pep va Jo...»

Baho:
+ | -

19 aprel. Darvozabonlar taqdirining hikoyasi davom etadi. Fabianski va Shchesni hodisasi biroz dramaga tortsa, 19 aprel kuni 33 yoshini nishonlayotgan Jo Xart voqeasi trillerning yoki tragediyaning o‘zginasi.

Angliya necha yillardan buyon tuzukroq, ishonchliroq darvozabonga yolchimasdi. Ikkinchi o‘n yillik avvalida Jo Xart kashf etildi. "Manchester Siti" darvozasida ham, Angliya terma jamoasida ham muxlislar kutgan darajada edi... va qaydandir "shaharliklar"ning boshqaruviga Pep Gvardiola kelib qoldi. Ispaniyalik mutaxassis uchun 2016 yilgi Xartning o‘yini qoniqarli emasdi. Ba’zi ma’lumotlar aytishicha, oyoqda yaxshi o‘ynamasligi asosiy sabab bo‘ldi. Shu bois, klubni tozalash ishlari Jodan boshlandi.

Angliyaliklar posbonini Italiyaning "Torino" klubi taklif etdi. Voqeaning kulminasion nuqtasi shu yerdan boshlanadi. Xart yaxshi darvozabon, iste’dodli, lekin bir murabbiy uning xizmatlarini rad etsa, xarakteri bilan, yanada zo‘r o‘yini bilan javob berishi kerak vaziyatda orqaga ketdi. Butkul.

"Torino" uni ijaraga olgandi. Keyinroq sotib olish taklifi bilan. Biroq, Turinda Jo Xart o‘zini ko‘rsata olmadi. Jamoa rahbari ochiqcha tanqidlar qildi uni. "Siti"ga qaytishi sodir bo‘ldi, biroq bu ko‘rinishni istamagandi muxlislar.

Manchesterga kelgan payti Gvardiola klubiga Ederson kelib qo‘shilgan, Jo bu yerda unga joy yo‘qligini anglab yetdi.

Mayli, "Torino" safari o‘xshamay qolgandir, deyishdi. Boshqa o‘lka, adaptasiya va hokazolar. Biroq, "Vest Hem"da ham biz bilgan Jo Xart namoyon bo‘lmagach, gap faqat Gvardiolada emas, deguvchilarning soni oshdi.

"Vest Xem" o‘sha mavsum ajoyib transferlarni amalga oshirgandi. Darvozabondan tashqari Sabaleta, Xavyer Ernandes, Xart bilan bir kunda tug‘ilgan Arnautovich katta mablag‘lar sarflangandi. Faqatgina Arnautovich ishonchni nisbatan oqladi. Xart va boshqalar jamoa inqirozidagi asosiy aybdorlar deb topildi.

Jo nafaqat Italiyada, balki Angliyada ham darajasiga qayta olmayaptiku, deb yubordi muxlislar. 2012 yili terma jamoasi bilan Yevropa chempionatini yaxshi o‘tkazgan darvozabon, 2014 yilgi mundialda ham, keyingi sharmandali Yevroda ham termasi birga bo‘ldi. Gvardiola ham o‘sha yili keldi, Xartning faoliyati ham o‘sha yili orqaga ketdi. Ko‘ryapmizki, gap faqat murabbiyda emas, u bu holatni sal oldinroq anglaganida, xolos.

Rossiya yashil maydonlaridagi turnir bilan Xart – boshqa-boshqa tomonlarda edi. U buni anglagan holda, ortiqcha e’tiroz bildirmaydigan ham bo‘ldi. Alam qiladi, hatto "Bernli"da ham qulashning davomini ko‘rgach, Pepning haqligiga yanada amin bo‘ldik.

Jo Xart chindan ham o‘z darajasini isbotlashni istaganida, harakat qilganida, balki Gvardiolani xijolat qilarli pog‘onalarga ko‘tarilardi. Bilishimcha, u shu tuyg‘ularni yaxshi his etmadi. Nurli davrim o‘tmishda qolib ketdi, deb avvalo o‘zini o‘zi ishontirdi. Oxiri, bizni ham.

Xayrulla Hamidov.

Manba: @xayrulla_hamidov

Хартнинг 30 сейви!

Kiritildi: 07:25, 19.04.2020.
O'qildi: 4236 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.