Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Atalanta 2-0 Torino
11/01 01:00 Valensiya 1-1 Elche
11/01 16:30 Xitoy 1-0 Avstraliya
11/01 16:30 Lechche 1-2 Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano 2-1 Malyorka
11/01 19:00 Tailand 1-1 Iroq
11/01 19:00 Fiorentina 1-1 Milan
11/01 20:15 Levante 1-1 Espanyol
11/01 22:00 Verona 0-1 Lasio
12/01 00:45 Inter 2-2 Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni - Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya - Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa - Kalyari
13/01 00:45 Yuventus - Cremonese
13/01 01:00 Sevilya - Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston - Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron - Livan
13/01 21:30 Yaponiya - Qatar
13/01 21:30 BAA - Suriya

«Qo‘qon-1912»: «Biz seni sog‘inamiz, «Humo»!

«Qo‘qon-1912»: «Biz seni sog‘inamiz, «Humo»!

Baho:
+ | -

Toshkentda xokkey jamoasi tashkil bo‘larkan degan gapni birinchi marta eshitganimizda barchamiz xursand bo‘lgan edik. Poytaxtimizda xokkey o‘yini uchun jahon andozalariga mos keladigan arena qurilib, bu arenada “Humo” jamoasi o‘zining uy uchrashuvlarini o‘tkazdi. “Humo” jamoasi tufayli 30 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekistonda xokkey o‘yini yana muxlislarning sevimli sport turiga aylandi.

O‘tgan qisqa muddat ichida “Humo” jamoasi shu qadar ko‘p muxlis to‘pladiki, bu jamoaga barcha futbol jamoalarining ham havasi keladigan bo‘ldi. “Qo‘qon-1912” jamoasi a’zolari ham bu jamoaning ko‘plab uy uchrashuvlariga tashrif buyurib, “Humo”ga muxlislik qilishdi. “Humo” ilk urinishidayoq VXLning yetakchi jamoalaridan biriga aylandi. Jamoa Petrov kubogining chorak finaliga qadar yetib borgani so‘zimizga isbot bo‘la oladi. "Humo" arenadagi yaratilgan sharoitlar, muhit, jamoaning marketing xizmati qanday ishlashi lozimligini barchaga namuna qilib ko‘rsatishga loyiq edi.

Kutilmaganda, barchamiz uchun qadrli bo‘lgan “Humo” jamoasi kelasi mavsum VXLda ishtirok eta olmasligini e’lon qildi. Biz hozirgi sharoitda jamoaning bu qarorini to‘g‘ri tushunamiz. Butun dunyoda koronavirus pandemiyasi tufayli noqulayliklar yuzaga kelmoqda. Ko‘plab aviakompaniyalar faoliyatlarini to‘xtatib turishga majbur bo‘lishmoqda. VXLda o‘ynash uchun esa ko‘plab mamlakatlarga va shaharlarga uchish kerak bo‘ladi.

“Qo‘qon-1912” jamoasi kelgusida “Humo” xokkey klubi yana o‘z faoliyatini davom ettirishiga umid qiladi. Biz sizlarni yana muz arenalariga qaytishingizni yaratgandan so‘rab qolamiz.

Biz seni sog‘inamiz, “Humo”!

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 07:36, 19.04.2020.
O'qildi: 3316 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.