Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Xojimat Erkinov AGMKning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi

Xojimat Erkinov AGMKning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi

Baho:
+ | -

AGMKning har oy yakunlariga ko‘ra eng yaxshi futbolchisini muxlislar bergan ovoz orqali aniqlashni odatga aylantirgan.

Mart oyida AGMK Superliga doirasida ikkita o‘yin o‘tkazdi. Jizzaxda "So‘g‘diyona" mehmoni bo‘lgan jamoamiz durang (1:1) qayd etgan bo‘lsa, Olmaliqda "Bunyodkor"ni (2:0) ishonchli tarzda mag‘lub etgandi.

Mazkur o‘yinlarda jonbozlik ko‘rsatgan va faol harakatlari bilan AGMK qo‘lga kiritgan ochkolarda munosib ulush qo‘shgan Igor Zonich (2 o‘yin, 1 gol), Murod Toshmatov (1 o‘yin, 1 gol) hamda har ikkala bahsda zaxiradan o‘yinga qo‘shilib jamoaga naf keltirgan Xojimat Erkinov (2 o‘yin, 1 gol, 1 assist) "Mart oyining eng yaxshi futbolchisi" nomini qo‘lga kiritishda nomzodlar qatoridan o‘rin olishdi. 1 hafta davom etgan so‘rovnomaga ko‘ra, eng ko‘p ovoz o‘tgan oyning ham eng yaxshi futbolchisi nomini qo‘lga kiritgan Xojimat Erkinovga nasib qildi. Shu tariqa Erkinov ketma-ket ikkinchi oy olmaliqlik muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘ldi. O‘tgan oy asosan o‘quv-mao‘g‘ulot yig‘ini doirasidagi o‘yinlari orqali e’tirofga loyiq ko‘rilgan Xojimat Erkinov, bu gal dastlab Jizzaxdagi o‘yinda Zonichga golli uzatmani amalga oshirgan bo‘lsa, "Bunyodkor"ga qarshi bellashuvda AGMK safida debyut golini urib, seriyani ochib olishga muvaffaq bo‘ldi.

Xojimat Erkinov so‘rovnomada 64% ovoz to‘plab g‘olib chiqdi.

Kelgusi o‘yinlarda ham Xojimat Erkinov va jamoamizning qolgan barcha a’zolaridan doimiy faollik va jonbozlikni kutib qolamiz.

Hozircha esa uyda qoling va karantin qoidalariga rioya qiling!

Manba: АГМК матбуот хизмати
Kiritildi: 09:03, 19.04.2020.
O'qildi: 2570 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик