Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

«Paxtakor» afsonalari: Birodar Abduraimov

«Paxtakor» afsonalari: Birodar Abduraimov

Baho:
+ | -1

«Paxtakor» safida eng ko‘p rasmiy o‘yin o‘tkazgan futbolchi va SSSR chempionati oliy hamda birinchi liga to‘purariga aylangan Birodar Abduraimov klub va futbolimiz afsonalaridan biri sanaladi.

Uning "Paxtakor" safidagi o‘yinlarini barcha faxr bilan tilga oladi. Abduraimov familiyasini eshitganda muxlislar ko‘z o‘ngida golga tashna hujumchi gavdalanadi desak, xato qilmagan bo‘lamiz. U nafaqat futbolchi, balki murabbiy sifatida ham katta natijalarga erisha olgan.

Birodar Abduraimov 1943 yilning 14 mayida Toshkent shahrida tavallud topdi. Bolaligidan sportga qiziqqan Birodar tengdoshlari bilan mahallada futbol o‘ynar, bo‘sh vaqt topdi deguncha stadion tomon oshiqardi. U yoshligida erkin kurash bilan shug‘ullanib, yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempioniga ham aylangan. Ikki sport turidan futbolni tanlagan Abduraimov 16 yoshida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasiga kiritildi. Sergey Arutyunov boshchiligidagi bu jamoa Chimkent va Petropavlovskdagi musobaqalarda muvaffaqiyat qozongan.

U har bir mashg‘ulot payti zalda soatlab shug‘ullanar, burchak zarbasini qoyilmaqom tarzda tepishni o‘zlashtirar, tinkasi qurisa hamki, yana va yana mashq qilaverardi. Shu tarzda Birodar uchun omadli yillar boshlandi. Oldinda uni "Paxtakor" kutardi.

Abduraimov 17 yoshidan "Paxtakor"ning asosiy tarkibida maydonga tushgan va debyut uchrashuvida "Qayrat" darvozasini ishg‘ol qilgan. "Paxtakor" uchun chempionatlarda umumiy hisobda rekord miqdordagi o‘yinlarni o‘tkazgan - 358ta. Jami rasmiy bellashuvlarda esa 500dan ortiq bahsda 200dan ko‘proq gol muallifiga aylangan va yurtimizning XX asrdagi eng yaxshi to‘purari deb tan olingan.

1960-74 yillarda "Paxtakor" jamoasining yetakchi hujumchisi sifatida ajoyib o‘yinlari bilan o‘zbek nomini dunyoga tanitdi. Abduraimov namoyish etgan fintlar butun SSSR miqyosida mashhur sanalgan va uning o‘yinlarini ko‘rish uchun stadionga ko‘plab ishqibozlar tashrif buyurishgan. Quyida biz sanab o‘tadigan faktlar uning chinakam iste’dod sohibi ekanligini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Mamlakat chempionatlarida 425 uchrashuvda ishtirok etgan, shu jumladan, "Paxtakor" tarkibida 358 uchrashuvda qatnashgan.

1968 yili SSSR chempionati oliy ligasida 22 gol, 1972 yili birinchi ligada 34 gol bilan eng sermahsul to‘purarga aylangan.

Nufuzli turnirlarda 106 ta gol kiritib, "Grigoriy Fedotov nomidagi to‘purarlar klubi" a’zosiga aylangan.
SSSR kubogi finalchisi bo‘lgan.

1990 yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy unvoni bilan taqdirlangan.

1992 yili bosh murabbiy sifatida Namanganning "Navbahor" jamoasi bilan O‘zbekiston Kubogining birinchi sohibi sifatida tarixga kirgan.

1994 yili Yaponiyaning Xirosima shahrida o‘tkazilgan XII Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi sifatida chempionga aylangan.

Birodar Hasanovich O‘zbekiston futbolida o‘z o‘rniga ega Abduraimovlar sulolasiga asos solgan. To‘ng‘ich o‘g‘li Azamat terma jamoamiz tarkibida Osiyo o‘yinlari chempioni, bir qator mamlakatlar chempionatlari g‘olibi bo‘lgan. Yana bir farzandi Jasur Abduraimov endilikda "Paxtakor" jamoasi murabbiylar shtabida ishlamoqda. O‘z vaqtida yana bir farzandi Bahodir ham professional darajada futbol o‘ynagan.

Birodar Abduraimov "Shuhrat" medali (1994), "O‘zbekiston iftihori" (2003) ko‘krak nishoni, "Fidokorona xizmatlari uchun" (2006) ordeni bilan mukofotlangan.

Faoliyati mobaynida yana Moskvaning "Spartak" va SSKA, Yangiyerning "Meliorator" klublari sharafini himoya qilgan.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 06:19, 20.04.2020.
O'qildi: 3597 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.