Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Yorqin Nazarov: «Karantinning yaxshi tomonlari ham bor»

Yorqin Nazarov: «Karantinning yaxshi tomonlari ham bor»

Baho:
+ | -

O‘tgan mavsum Vadim Abramov boshchiligidagi murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan Yorqin Nazarov bu yildan «Bunyodkor-2»ning bosh murabbiyiga aylanganidan xabaringiz bor. Biz yosh mutaxassisning fikrlari bilan qiziqdik.

- Futbolchilik faoliyatimda ham bunday holat bilan to‘qnash kelmagandim. Ya’ni, chempionat boshlanishi arafasida ixtiyorsiz ravishda majburiy ta’tilga chiqish. Yaxshi tomoni shundaki, murabbiy sifatida vaziyatdan chiqishga harakat qilaman, bunday holatlarda nimalar qilish kerakligini o‘rganaman. Aniqrog‘i, majburiy ta’tildan foydalanib, o‘z ustimda ishlayapman, ko‘p kitoblar o‘qiyapman. Qanday qilsa bu vaziyatdan oson chiqiladi, futbolchilarni masofaviy holatda mavsumga tayyorlashning yo‘llarini o‘rganyapman.

Hozir futbolchilar jismoniy holatni bir maromda ushlab turish uchun o‘z uyida mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Tez orada ijtimoiy tarmoqdagi guruhimizda yigitlarga nazariy mashg‘ulotlar o‘tishni boshlayman. Shogirdlarimga nazariy mashg‘ulotlarni o‘tib, nimani xohlayotganimni to‘liq tushuntirib bera olsam, mavsum davomida qiyinchilikka duch kelmayman, deb o‘ylayman. Jismoniy holat? Murabbiylar shtabida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha professional yordamchim bor. Uni o‘z dasturi va yetarlicha tajribasi bor. O‘ylaymanki, futbolchilarning jismoniy holati bo‘yicha jamoada muammo bo‘lmaydi.

O‘zbekiston birinchiligi qaysi formatda o‘tishini xohlayman? Rosti, buni hozircha o‘ylab ko‘rganim yo‘q. Faqat PFL qaysi formatni tanlasa ham jiddiy tahlil qilishi kerak. Karantin qachon yakunlanishi noma’lum. Qolaversa, hali mashg‘ulot o‘tkazishga ham ruxsat berilmadi. Tabiiyki, uyog‘iga vaqt kam bo‘ladi. O‘z-o‘zidan bu yerda klublarga og‘irlik qilmaydigan format tanlash kerakligi ma’lum.

Karantin davrida xalqimga sabr-toqat tilayman. Barchadan hukumatimiz qo‘ygan talablarga qat’iy rioya qilishini so‘rab qolaman. Shunda biz birgalikda virusni yengamiz!

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 06:21, 20.04.2020.
O'qildi: 3870 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик