Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

«Real Madrid»ga bekor o‘tgan futbolchilar (top-5)

«Real Madrid»ga bekor o‘tgan futbolchilar (top-5)

Baho:
+ | -

Stadion.uz “Real Madrid” katta summa sarf etgan, biroq yakunda omadsiz transfer bo‘lib chiqqan futbolchilar bilan qisqacha tanishtirib chiqadi.

5. Uesli Sneyder - 27 million yevro.

Snayder o‘z vaqtida dunyoning eng iqtidorli futbolchisi sifatida Madridga ko‘chib o‘tgan edi. Quvonarlisi shundaki, Uesli yoshroq paytida “Real” libosini kiydi. Aks xolda, uning faoliyati xavf ostida qolishi mumkin edi. “Real Madrid” rahbarlari o‘zgargach, gollandiyalik futbolchi klubga keraksizga aylandi. Uesli “qirollik klubi”da gol kiritishi yoki assistni amalga oshirishi ham hech qanday ahamiyat kasb etmay qolgach, u ketishga qaror qildi. O‘z vaqtida “Ayaks”dan 27 million yevroga sotib olingan futbolchi Milanning “Inter” jamoasiga o‘tib ketdi va ko‘p o‘tmay dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida qayta tanildi.

4. Aryen Robben - 36 million yevro.

Yoshlik chog‘ida Snayderdan farqli o‘laroq Robben super iqtidorli futbolchi sanalmagan. U hatto “Chelsi”ning asosiy tarkib futbolchisi ham emas edi. Shunga qaramay, “Real Madrid” uchun 36 million yevro ortiqcha muammo tug‘dirmadi. Qarabsizki, gollandiyalik futbolchi Angliyadan Ispaniyaga ko‘chib o‘tmoqda! Afsuski, iqtidorli Robben Madridda jarohatlar bilan o‘ralashib qoldi. Achinarlisi,u “Real” safida deyarli har hafta turli jarohatlar orttirishdan uyog‘iga o‘ta olmadi. O‘zining “qaymoqranglilar” libosidagi birinchi mavsumidan so‘ng, “billur” laqabini olgan futbolchini “Bavariya”ga sotib yuborgan “Real” keyinchalik afsus chekkan bo‘lsa, ajab emas. Gap shundaki, nemis shifokorlari Robbenning surunkali jarohatlariga barham berishni uddasidan chiqishdi. U esa, deyarli 10 yil davomida Myunxen jamoasining asosiy quroli sifatida maydonda to‘p tepdi.

Kaka - 65 million yevro.

Kaka hech qachon “Real”ga o‘tish ishtiyoqida yonmagan, biroq klubdagi moliyaviy muammolar sababli,jamoa prezidentining iltimosiga ko‘ra,Madridga ko‘chib o‘tadi. “Oltin to‘p” sohibi “qirollik klubi”da chinakam furor ko‘tarishi, jamoaning hujumdagi rang-barangligini ta’minlashi lozim edi, lekin barchasi kutilmagan tomonga burilib ketdi. Avvaliga jarohatlar, keyin asosiy tarkibdan tushib qolish, murabbiylar almashinuvi va barcha boshqa detallar Kakaning o‘yinida keskin pasayish bo‘lishiga turtki bo‘ldi. Qarabsizki, braziliyalik futbolchi 4 yil davomida barcha musobaqalarda umumiy 23 ta gol kiritdi xolos. Bu uning darajasidagi futbolchilar uchun juda xunuk ko‘rsatkich. Oxir-oqibat “Real Madrid” u bilan shartnomani uzaytirishni istamadi. 65 million yevrolik futbolchi yakunda erkin agent sifatida yana “Milan”ga qaytib ketdi.

2. Asyer Illyaramendi 35 million yevro.

Bu transferning narxi juda baland bo‘lmasligi mumkin, biroq uning mantiqsiz ekanligi sabab 2-o‘ringa joylashtirdik. Kroos, Modrich, Kazemiro singari yarim himoyachilarga ega klub nima uchun kamtarin “Real Sosyedad” yarim himoyachisi uchun 35 million yevro sarf etdi? Achinarlisi shundaki, “Real” Asyerdan hatto rotasiya chog‘ida ham juda kam foydalandi. Kubokuchrashuvlarida ham kam ko‘ringan ispan bilan klub shartnomani yangilashni istamadi va uni ham sobiq jamoasiga erkin agent maqomida tekinga qo‘yib yubordi. Ko‘plab mutaxassislar futbolchining darajasi hech qachon “qirollik klubi”ga mos emasligini bashorat qilishganiga qaramay,Florentina Peres o‘z so‘zidan qaytmadi. Oqibatda, uning qaysarligi klub byudjetiga 35 million yevro zarar yetkazgani qoldi, xolos.

1. Nikolya Anelka 40 million yevro.

Mana bugungi “g‘olibimiz”! o‘z faoliyati davomida Anelka naqd 12 ta klub sharafini himoya qilishga ulgurdi. Janjalkash futbolchi hech qachon muxlislar ra’yiga qarab o‘tirmagan. Shu sababli, birorta klub uni o‘z afsonasiga aylantirmagan.

“Arsenal” bilan APLda zafar quchgach, fransuz o‘zi uchun chaqiruvga labbay deb javob berishga qaror qildi. Uni o‘z safiga qo‘shib olish uchun “Liverpul” va “Manchester Siti” urinib ko‘rgan bo‘lsa-da, qahramonimiz uchun kurashda “Real Madrid” va uning 40 million yevrosi g‘olib bo‘ldi. O‘sha davrlar uchun chinakam ulkan summa evaziga Madridga ko‘chib kelgan markaziy hujumchi jamoa safida atigi 2 ta gol kiritdi xolos! “Real”dek grand jamoa safida ikkita gol?! Bundan ko‘rinib turibdiki, “qaymoqranglilar” uning har bir goli uchun “Arsenal”ga 20 milliondan to‘lagan. Ajablanarlisi shundaki, Nikola o‘zi tomonga bo‘layotgan e’tiroz va tanqidlarni yoshlik chog‘ida ham qabul qilishni istamas, nuqul murabbiy bilan janjal chiqarish payida bo‘lgan. Oqibatda, klub “bosh og‘riq”dan qutilish maqsadida mavsum yakunlangach uni “PSJ”ga arzon-garovga sotib yuboradi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:17, 22.04.2020.
O'qildi: 12411 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.