Jahonga mashhur yamaykalik sprinter, sayyoramizning eng tez yuguradigan odami Useyn Bolt ham ayni paytda butun dunyoda yuzaga kelgan vaziyatga to‘g‘ri baho berib, o‘z muxlislari misolida barchani karantin qoidalariga rioya qilishga chorlamoqda.
Ma’lumki, bunday holatda virusning keng tarqalishini oldini olishning muhim omillaridan biri odamlar orasida masofani saqlashdir. Bolt yugurish yo‘lkasida startga chiqar ekan, doimo finishda raqiblaridan xudi karantin talab qiladigandek kamida 3-4 qadam ilgarilab ketardi. Bolt ana shunday finishlaridan olingan suratni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylab, barchani masofa saqlashga chorlab qolmoqda.
8 karra Olimpiada chempionining hazilomuz, lekin amalda haqiqat bo‘lgan bunday chiqishi sport jamoatchiligining e’tiboridan chetda qolgani yo‘q.