Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Tohir Madrahimovni xotirlab...

Tohir Madrahimovni xotirlab...

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Qirq yildan ziyod tarixga ega bo‘lgan Namanganning “Navbahor” jamoasida ko‘plab mashhur va taniqli futbolchilar o‘ynashgan hamda ularning ko‘pchiligi muxlislar qalbidan chuqur joy olishgan. Shunday futbolchilar qatorida Tohir Madrahimov ham bor.

1975 yilning 26 dekabrida Namangan viloyatining Chortoq tumanida tug‘ilgan Tohir Madrahimov futboldagi ilk saboqlarni chortoqlik taniqli murabbiy Abdullo Jo‘raboyevdan oldi.

Ta’kidlash joizki, Zafar Musaboyev, aka-uka Rashid va Mirzohid G‘ofurov, Obid Jo‘raboyev, G‘iyosjon Komilov, aka-uka A’zam hamda Anvar Hafizovlar ham mazkur mutaxassisning shogirdlari hisoblanishadi.

Tohir Madrahimov futbolchilik faoliyatini 1991 yilda Xalqobodning “Sohibkor” jamoasida boshlaydi. Bir yildan so‘ng esa viloyatimizning bosh jamoasi “Navbahor”ga taklif etiladi.

Aytish lozimki, ampluasi yarim himoyachi bo‘lgan Tohir Madrahimov namanganliklar tarkibida jami 12 mavsum davomida o‘ynab (1992 yilning 1-davrasi, 1993 yil, 1995 yilning 2-davrasi, 1996-2003 yillar, 2005 yil), jami 259ta o‘yinda maydonga tushgan va 15ta gol muallifiga aylangan.

Shuningdek, mahoratli futbolchi “Navbahor”dan tashqari, “Navbahor-2” farm-klubi (1992 yilning 2-davrasi), Toshkentning MHSK (1994 yil - 1995 yilning 2-davrasi), Toshkentning “Lokomotiv” (2004 yil), bundan tashqari, Chortoqning “Neftchi” (2-liga, 2006-2008 yillar) jamoalarida ham to‘p surgan.

1996 yili, ya’ni “Navbahor” chempionlikni qo‘lga kiritgan mavsumda Tohir Madrahimov 26ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 6ta to‘p kiritgan hamda jamoamizning oltin medalni qo‘lga kiritishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan.

Shuningdek, 2005 yili Namanganda “Neftchi”ga qarshi o‘tkazilgan “vodiy derbisi” bahsida aynan uning goli evaziga “lochinlar” 1:0 hisobida g‘alaba qozonganliklarini ham “Navbahor”ning ko‘plab muxlislari yaxshi eslashadi.

"Navbahor"dagi yorqin o‘yinlari tufayli O‘zbekiston milliy terma jamoasiga jalb etilgan mahoratli yarim himoyachi milliy termamizda 5ta o‘yin o‘tkazgan.     

Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, Tohir Madrahimov  murabbiylik sohasida o‘z faoliyatini boshlaydi.

U Chustning “Paxtakor” (2011 yil), “Navbahor”ning o‘rinbosarlar tarkibi (2012-2014 yillar), Uychining “Xotira-79” (2015-2016 yillar) jamoalariga murabbiylik qildi.

2016 yili “Navbahor” chempion bo‘lganligining 20 yilligi munosabati bilan o‘ziga xos futbol shousi tashkil etilib, unga 1996 yili chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan ko‘plab futbolchilar taklif etilishgan hamda “Navbahor”ning o‘sha paytdagi tarkib a’zolariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishgandi.

Jangovar durang, ya’ni 4:4 hisobida yakunlangan o‘sha o‘yinda Tohir Madrahimov ham sobiq jamoadoshlari bilan birga maydonga tushgandi.       

Afsuski, beshafqat o‘lim Tohir Madrahimovni 2017 yilning 22 aprel kuni oramizdan olib ketdi.

Bugun uning vafot etganiga 3 yil to‘ldi.

Namangan futboli va “Navbahor” tarixida o‘ziga xos iz qoldirgan Tohir Madrahimovning xotirasi hamisha qalbimizda yashaydi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati. 

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:38, 22.04.2020.
O'qildi: 2681 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.