Dortmundning “Borussiya” klubi vinger Jeydon Sanchoni jamoada saqlab qolmoqchi. Bu haqda Bild nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, “arilar” Sanchoning maoshini 10 million yevroga oshirishga tayyor. Hozirda futbolchi 6 million yevro ishlab topadi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchiga “Chelsi” va “Manchester Yunayted” klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.