Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Milliy chempionatlar bekor qilinsa, yevrokuboklar yo‘llanmalari qanday taqsimlanishi ma’lum bo‘ldi

Milliy chempionatlar bekor qilinsa, yevrokuboklar yo‘llanmalari qanday taqsimlanishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

UEFA ijroqo‘mi bugun — 23 aprel, payshanba kuni videokonferensiya o‘tkazib, Yevropa milliy assosiasiyalari bilan bilan birga bir nechta masalalarni muhokama qildi.

Tashkilot hamon milliy chempionatlarni yakunlash mumkinligiga hamda chempion jamoa va yevrokuboklar ishtirokchilari halol kurashda aniqlanishiga ishonmoqda.

Ammo, agar chempionatlarni oxiriga yetkazishning imkoni bo‘lmasa, UEFA yevrokuboklarning 2020/2021 yilgi mavsumi uchun yo‘llanmalarni milliy chempionatlarning hozirgi — to‘xtatilgan vaziyatdagi holatidan kelib chiqib taqdim etmoqchi. Bu haqda "Daily Mail" xabar tarqatdi.

Avvalroq tarqatilgan — klublarning UEFA reytingidagi o‘rnidan kelib chiqib yevrokuboklar uchun yo‘llanma taqdim etilishi mumkinligi haqidagi xabar noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi.

Manba: football.ua
Kiritildi: 17:16, 23.04.2020.
O'qildi: 6806 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик