Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

«Paxtakor» afsonalari: Mixail An

«Paxtakor» afsonalari: Mixail An

Baho:
+ | -

«Paxtakor» tarixida katta o‘rin tutgan futbolchilarni eslashda davom etamiz.

Mixail An 1952 yil Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan Sverdlov jamoa xo‘jaligida dunyoga kelgan. Uning akasi Dmitriy "Paxtakor" va "Politotdel" jamoalari sharafini himoya qilgan. Shu sababli Mixail uchun futbol begona bo‘lmagan muhit sanalardi.

O‘smirligidayoq barchaning e’tiboriga tushgan An 1970 yilda "Politotdel" asosiy tarkibiga jalb etildi. 1971 yilning ikkinchi davrasidan uning "Paxtakor"dagi faoliyati boshlandi. Ilk uchrashuvini mahoratli yarim himoyachi 23 avgust kuni Toshkentda "Dinamo" Tbilisiga qarshi kechgan bellashuvda o‘tkazgan. O‘sha bahsda jamoamiz 5:1 hisobida zafar quchgan. Aynan o‘sha mavsumdan yarim himoyada An, Fyodorov, Varyuxin, Abduraimov va Xadzipanagis hukmronligi boshlangandi. Ular raqib himoyasini o‘ta murakkab ahvolga tushirib qo‘yishgan.

1974 yilgi mavsumda u oliy ligada 11 gol muallifiga aylanib, chempionatning eng yaxshi 33 futbolchisi ro‘yxatidan o‘rin olgan. O‘sha yili "Qayrat" darvozasiga kiritgan uch to‘pi muxlislar yodida qolgan. Shuningdek, 1975 yil "Dinamo" Kiyevga qarshi ajoyib bahsda u dubl qayd etgan.

1974 yil SSSR terma jamoasidan taklif olib, sentyabrda "Roma"ga qarshi o‘tgan o‘rtoqlik bahsida qatnashgan. 1978 yil esa Eron bilan Tehrondagi o‘rtoqlik o‘yini va Turkiyaga qarshi Yevropa chempionati saralash bellashuvlarida qatnashgan. 1979 yil ikkinchi terma jamoa tarkibida Meksika va AQSH termalari bilan to‘qnashuvlarda to‘p kiritgan.

1976 yil SSSR yoshlar terma jamoasi safida Yevropa chempioniga aylangan. O‘sha jamoada u sardorlik vazifasini ham bajargan. Afsuski, 1979 yil ro‘y bergan aviahalokat sababli Mixail An hayotdan ko‘z yumgan.

"Paxtakor" safida u chempionat bellashuvlarida 232 o‘yinda 47 gol muallifiga aylangan.

2006 yil Mixail An o‘limidan so‘ng "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.

Ayni paytda Mixail Anning o‘g‘li Dmitriy An "Paxtakor" futbol klubi tizimida murabbiylik qilib, bo‘lajak futbolchilarga millionlar o‘yini sirlarini o‘rgatmoqda. Demak, Anlar oilasi hamon "Paxtakor" va futbol bilan birga.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 22:46, 23.04.2020.
O'qildi: 2443 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.