Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Olga Zabelinskaya: “Hali faoliyatimni tugatish rejamda yo‘q”

Olga Zabelinskaya: “Hali faoliyatimni tugatish rejamda yo‘q”

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Kuni kecha o‘tgan yilning shu kunlarida Toshkent velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qilgani haqidagi maqolamizni taqdim qilgan edik. Bugun mazkur musobaqada hamyurtimiz Olga Zabelinskayanining 112,8 km masofaga kechgan guruh poygasi yo‘nalishida zafar quchib, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma qo‘lga kiritganiga ham roppa-rosa 1 yil to‘ldi. Fursatdan foydalanib, sportchimiz bilan mazkur g‘alaba taassurotlari va oldindagi rejalari haqida qisqa suhbat uyushtirishga ham muvaffaq bo‘ldik:

– O‘tgan yil Osiyo chempionatida zafar quchganingizga ham 1 yil bo‘libdi. Ushbu g‘alaba faoliyatingizda qanday rol o‘ynaydi?

– Osiyo chempionatidagi g‘alaba mening 2019 yildagi bosh maqsadim edi. Tabiiyki, tayyorgarlik ham shunga yarasha yuqori saviyada bo‘lib, ko‘zlangan maqsadga yetdik. Chempionatning O‘zbekistonda o‘tgani, hamyurtlarimizning ko‘z o‘ngida mana shunday g‘alabaga erishishimiz, o‘ylaymanki, velosportning yurtimizda rivoj topishiga yana bir karra hissa qo‘shgan.

– Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik qanday ketmoqda?

– Butun dunyoda yuzaga kelgan karantin sabab rejalar tubdan o‘zgarib ketdi. Musobaqalar taqvimi yangilangach biz ham rejalarimizni qayta ko‘rib chiqishimiz mumkin. Hozircha uy sharoitida shug‘ullanaman va kelgusi yilgi g‘alabalar uchun kuch yig‘aman.

 – Tokio Olimpiadasining yo‘llanmasi shosseda qo‘lga kiritildi. Demak, buyog‘iga faqat shu yo‘nalishdagi musobaqalarda qatnashasizmi?

– Yo‘q. Rejalarimga trek poygalarida ham qatnashish kiritilgan. Asosiy kuch Olimpiadaga qaratilsa ham, ungacha trek bo‘yicha Osiyo va jahon chempionatlari bor. Mazkur musobaqalar saviyasi ham ancha baland va ularda ham yurtimiz uchun medal olib kelish niyatidaman.

– Tokio faoliyatingizdagi oxirgi start bo‘ladimi?

– Bilasizmi, hali faoliyatimni tugatish rejamda yo‘q. Shu bois bu haqida gapirish biroz erta. Jamoam bilan katta-katta marralarni zabt etishni maqsad qilib qo‘yganman.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 18:12, 27.04.2020.
O'qildi: 2207 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.