Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted

O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarida: Atlanta-1996

O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarida: Atlanta-1996

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi karantin kunlarida muxlislarimiz uchun qiziqarli materiallar taqdim qilishda davom etadi. Karantin kunlari tarix zarvaraqlarini yodga olish uchun yana bir fursat bermoqda. “O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarida” nomli yangi loyihamizda mamlakatimizning 4 yillikning eng nufuzli musobaqasidagi ishtiroki haqida birma-bir eslab o‘tamiz. Bu borada dastlabki sahifamiz Atlanta-1996 Olimpiadasi bo‘ladi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng ishtirok etgan ilk yozgi Olimpiya o‘yinlari 1996 yil AQSHning Atlanta shahrida o‘tgan XXVI yozgi Olimpiya o‘yinlaridir. Ushbu Olimpiadaning ochilish marosimida mustaqil davlatimiz bayrog‘i ham jahon mamlakatlari orasida hilpiray boshladi.

Ochilish marosimi

Darvoqe, Atlanta-1996 Olimpiadasining ochilish marosimi haqida gap ketar ekan, bir qiziq voqeani eslab o‘tish ham o‘rinli. Odatda mamlakatlar paradida eng kuchli hayqiriq mezbon delegasiya chiqib kelganida eshitiladi. Biroq Atlantada AQSHdan tashqari Gruziya davlatining ham nomi e’lon qilinganida mahalliy tomoshabinlar kuchli qarsaklar va qo‘llab-quvvatlashlari eshitilgan. Xo‘sh, nega bunday? Ma’lumki, Atlanta shahri AQSHning Jorjiya shtatida joylashgan. Gruziya davlatining ingliz tilidagi talaffuzi ham ushbu shtatniki bilan bir xil. Shubhasiz, mahalliy xalq uchun marosimda o‘z shtatlarini eshitish ancha yoqimli.

Ilk medallarimiz

Olimpiya o‘yinlarida -86 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan mashhur dzyudochimiz Armen Bagdasarov yozgi Olimpiya o‘yinlari tarixida ilk medalimizni mamlakatimiz hisobiga taqdim qilgani bilan ahamiyatli.

Shuningdek, bokschimiz Karim To‘laganov -75 kilogramm vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo‘lgan. Shu tariqa mustaqil O‘zbekiston uchun ilk yozgi Olimpiya o‘yinlari 1 ta kumush va 1 ta bronza medallari bilan yakunlangan.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 20:53, 28.04.2020.
O'qildi: 2287 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.