Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona

Karantin yumshatilmoqda: futbol klublari mashg‘ulotlarni boshlashi mumkinmi?

Karantin yumshatilmoqda: futbol klublari mashg‘ulotlarni boshlashi mumkinmi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Karantin talablari ancha yumshatilayotganidan kelib chiqsa, menimcha, futbolchilarning yopiq sharoitda mashg‘ulotlarga qaytishlariga ham ruxsat bersa bo‘lsa kerak. Chunki ularning ham ish joyi bilan shartnomasi bor, ular ham siz-u biz kabi ertalab ishga borib, kechki vaqt uyiga qaytishi mumkin. Buning uchun biz hamon rasmiy ruxsatnomani kutmoqdamiz.

O‘zPFL ehtiyotkorlik yuzasidan aynan yopiq mashg‘ulot uchun ruxsat so‘ragan. Buning yaxshi tomoni shundaki, birinchi galda bazaga kirayotgan har bir futbolchini qaytadan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, ular o‘sha bazada istiqomat qiladi va vaqtincha tashqi muhitdan uziladi, klub shifokorining nazoratida bo‘ladi. Buning uchun klublarga rasmiy ruxsatdan tashqari, yana bir qator masalalarda yordam kerak bo‘ladi.

Aytaylik, futbolchilar karantinni o‘z oilasi davrasida o‘tkazdi. Ya’ni, ularning ayrimlari o‘z klublari qaramog‘iga yetib borishi uchun bir qator viloyatlarni bosib o‘tishi kerak. Demak, ular cheklovlarni buzmasliklari uchun mexanizm bo‘lishi kerak.

Ayrim klublarda moliyaviy qiyinchiliklar mavjud. Sir emaski, futbolchilarni bazada to‘plash uchun mablag‘ talab etiladi. Futbol klublari bosh direktorlari bilan bugun bo‘lib o‘tgan videomajlisda shu masala ko‘tarildi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mazkur masala yuzasidan ish olib borishga va’da berdi.

Bu harakatlarning barchasi albatta vaqtdan yutkazib qo‘ymaslik uchun. Shuning uchun ham biz bugun Respubika maxsus komissiyasining xulosasiga muhtojmiz. Ya’ni, mashg‘ulotlarni qachondan va qay ko‘rinishda boshlashimiz mumkin, futbol uchrashuvlarini muxlislarsiz o‘tkazib turamizmi yoki muxlislar tashrfiga ham ruxsat berilishi mumkinmi, ruxsat berilsa, jamoalar, hakamlar, TV xodimlari va OAV vakillari uchun alohida ruxsatnoma mexanizmini shakllantirish mumkinmi kabi masalalar biz uchun dolzarb. Chunki, klublar talabidan kelib chiqib, biz futbolchilar tiklanib olishlari uchun kamida ikki hafta vaqt berishimiz va shundan kelib chiqib, yangi taqvimni shakllantirishimiz kerak bo‘ladi.

Diyor Imomxo‘jayev
O‘zbekiston professional futbol ligasi bosh direktori o‘rinbosari

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 14:36, 30.04.2020.
O'qildi: 5282 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик