Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa 3-0 Kalyari
30/04 00:00 Barselona 4-2 Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

 Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Yuventus” kurashga qo‘shiladi

 

Turinning “Yuventus” klubi          “RB Leypsig” jamoasi hujumchisi Timo Verner uchun kurashga qo‘shiladi. “Sky Sport” nashri bergan xabarlarga qaraganda, nemis hujumchisi uchun kurashga kirishgan “Liverpul” va “Inter” klublri orasida “Yuventus” ham bor.

Manba bergan xabarlarga qaraganda, Vernerni “Yuventus”da Gansalo Iguainning o‘rnini egallshi uchun sotib olishmoqchi. “Zebra”lar allaqachon nemis klubi hujumchisi uchun 50 million yevro taklif qilishgan.

Hozircha, “Buqalar” o‘z yetakchisining transferi borasida rasmiy ma’lumot berganicha yo‘q. Tez orada uning kelajakdagi rejalari ma’lum bo‘ladi.

“Bavariya” Odriosolo borasida qaror qabul qildi

 

Myunhenning “Bavariya” jamoasi “Real Madrid”dan ijaraga olingan himoyachi Alvaro Odrisiolanining kelajagini hal etdi.

“Sport1 nashri bergan xabarlarga qaraganda, “FK Gollivud” 24 yoshli futbolchining sotib olish fikridan qaytgan va ijara so‘nggida futbolchi Madridga qaytib ketadigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik futbolchining “Real” bilan tuzgan shartnomasi 2024-yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, transfermarket uni 16 million yevroga baholagan.

Rakitich qaysi klubga o‘tmoqchi?

 

“Barselona” jamoasi yarim himoyachisi Ivan Raktich faqat birgina klubga o‘tish evazigagina Kataloniyani tark etishi mumkin.

“Sports.es” nashri ma’lum qilishicha, xorvatiyalik futbolchi sobiq jamoasi “Sevilya”ga o‘tish uchun Kataloniyani tark etishga tayyor. E’tiborlisi shundaki, agar “Barsa” yarim himoyachini yozda transferga qo‘ymasa, u kelasi mavsumda erkin agentga aylanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Rakitich 2010-2014-yillar oralig‘ida “Sevilya” sharafini munosib himoya qilgan.

PSJ o‘z uslubida

 

Fransiyaning PSJ jamoasi yozda “Lion” yetakchisi Memfis Depayni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

“Le’quipe” nashri bergan xabarlarga qaraganda, Parij klubi 26 yoshli futbolchining transfer huquqini sotib olish uchun 50 million yevrodan voz kechishga tayyor. Hozircha gollandiyalik futbolchi o‘z transferi borasida rasmiy ma’lumot berganicha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, bu mavsumda Depay “Liga 1” musobaqasining 13 ta uchrashuvida maydonga tushdi va 9 golga mualliflik qildi.

“Seltik” hujumchisi “Arsenal” nishonida

 

Shotlandiyaning “Seltik” klubi yetakchisi Odsonn Eduard borasida klub rasmiy ma’lumot bilan chiqdi. Unga ko‘ra, klub o‘z hujumchisini transferga qo‘yishga tayyor, biroq uning transferidan 30 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.

“DailyExspress” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “kononirlar” yozda klubni tark etishga yaqin turgan Obomeyangning o‘rnini aynan Eduard bilan to‘ldirmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, “keltlar” hujumchisi Shotlandiya chempionatining 27 ta uchrashuvida 22 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lib, shuningdek 8 ta assistni ham amalga oshirgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:15, 30.04.2020.
O'qildi: 9078 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.