Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza 1-2 Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada

«Liverpul» transferlarsiz qanday ko‘rinish olgan bo‘lar edi?

«Liverpul» transferlarsiz qanday ko‘rinish olgan bo‘lar edi?

Baho:
+ | -

Stadion.uz agar «Liverpul»faqat o‘z akademiyasi bituruvchilariga ishonib harakat qilganida, ayni damda tarkibi qanday ko‘rinishda bo‘lishini tahmin qilib ko‘radi.

Darvozabon:Martin Xanson (29 yosh, transfer qiymati: 325 ming yevro)

Nima uchundur mersisaydliklar juda kamdan kam hollardagina akademiyadan chiqqan darvozabonlarga imkon yaratib berishadi. Daniyalik posbon shular jumlasidan. 6 yil akademiyada tarbiyalangan kiper,yana 2 yil davomida asosiy jamoadan chorlovni kutdi, biroq yakunda klub u bilan shartnoma imzolashdan bosh tortdi.

Oqibatda Martin Daniyaga qaytib ketishdan boshqa chora topa olmadi. Bugungi kunda darvozabon “Gannover-96” jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Yana bir qiziq fakt, bugungi kunda “RB Leypsig” jamoasida ajoyib mavsumni o‘tkazayotgan Piter Gulachi ham «Liverpul» jamoasi akademiyasi bituruvchilaridan biri sanaladi.

 

Himoyachilar

Konor Koudi (27 yosh, transfer qiymati: 14,6 million yevro)

Konor «Liverpul» yoshlar jamoasining sardori va chinakam yetakchi sifatida e’tirof etilganiga qaramay, asosiy jamoaga ko‘tarilishni uddalay olmadi.

Futbolchi qanchalar iqtidorli bo‘lmasin, «Liverpul» o‘z bitiruvchisiga ishonmadi va uni “Xaddersfild Taun”ga atigi 500 ming yevro evaziga sotib yubordi. Keyinchalik “Vulverxempton”ga transferga qilingan futbolchi ayni damda “bo‘rilar”ning sardori sanaladi. Jamoa aynan uning harakatlari bilan mavsumni 7-o‘rinda yakunladi.

Trent-Aleksander Arnold (21 yosh, transfer qiymati 99 million yevro)

Bugungi kundagi o‘ng qanot himoyachilari orasida sayyoramizdagi eng “zo‘ri” deb aynan Trentni ko‘rsatish mumkin. Klopp tomonidan “burchak to‘pining otasi” deb erkanuvchi futbolchi bu mavsumda APLning eng yaxshi himoyachisi deb e’tirof etildi. U akademiyadan asosiy tarkibga olingan kam sonli futbolchilardan biri sanaladi.

Martin Kelli (30 yosh, transfer qiymati: 2,8 million yevro)

Martin klub akademiyasida naqd 10 yil shug‘ullangach, asosiy jamoaga taklif etildi. Afsuski, “qizillar” futbolchi uchun yetarlicha o‘yin amaliyotini taqdim eta olmadi. Keyinchalik “Xaddersfild”ga o‘tib ketgan himoyachi bugungi kunda “Kristal Pelas”da ishonchli to‘p surib kelmoqda.

Daniyel Ayyala(29 yosh,transfer qiymati: 3,2 million yevro)

Himoyachi jamoa akademiyasiga 14 yoshida qabul qilingan bo‘lsada, tezda “qizillar”ning yoshlar jamoasida ko‘zga tashlana boshladi. O‘smirlik chog‘idayoq asosiy jamoada debyut qilgan futbolchidan ko‘p narsa kutishgan edi. Afsuski, Agger jarohatidan forig‘ bo‘lgach, uni chetga surib tashlashdi. Ayyalaavvvaliga turli klublarda ijara asosida to‘p surgach, 800 ming yevro evaziga “Norvich”ga sotib yuborildi.

Ayni damda qahramonimiz “Midlsbro”ning asosiy tarkib futbolchisi sanaladi.

 

Yarim himoyachilar

Aleksander Kachaniklich (28 yosh, transfer qiymati: 950 ming yevro)

Shvesiyalik futbolchi «Liverpul» akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanalsa-da, jamoa unga ishonmadi. Oqibatda, futbolchi “Fulxem”ga o‘tib ketdi. Keyinchalik ijara asosida "Uotford", "Byornli", "Kopengagen" singari klublar sharafini himoya qilgan futbolchi bugungi kunda o‘z vatanida to‘p surmoqda.

Tom Ins (28 yosh, transfer qiymati: 4,8 million yevro)

Tom qanchalar iqtidorli bo‘lmasin, atigi bir bor «Liverpul» jamoasi safida Kubok o‘yinida maydonga tushdi xolos. Afsuski, murabbiylar ishonchini oqlamagach, uni turli klublarga ijaraga berishni «Liverpul» odat qilib oldi. Yakunda esa, “Blekpul”ga transfer qilindi.

Bugungi kunda Ins Chempionshipda kurash olib borayotgan “Stok Siti”ning yetakchi futbolchisi sanaladi.

Rayn Kent (23 yosh, transfer qiymati:3,5 million yevro)

Iqtidorli futbolchi klub akademiyasida 12 yil to‘p surgan bo‘lsada, mersisaydliklar muxlislari Kent haqida hech qanday ma’lumotga ega emas. Bugungi kunda futbolchi Stiven Jerrard qo‘l ostida ijara asosida to‘p surmoqda.

U mavsumni chakki o‘tkazmayapti: 6 ta gol va 9 ta assist. Tez orada uni «Liverpul» ortga qaytarishi hech gap emas.

Suso (26 yosh, transfer qiymati: 17,5 million yevro)

O‘spirinlik chog‘ida klub akademiyasiga tashrif buyurgan futbolchi jamoa safida bir mavsum to‘p surgach, ijaraga berib yuboriladi.

Keyinchalik ortga qaytib asosiy jamoadan taklifni kutgan Suso o‘zini boshqa klublarda sinab ko‘rishga qaror qiladi va “Milan”ga o‘tib ketadi.

Qaysidir ma’noda bu juda to‘g‘ri tanlov bo‘lib chiqadi. Qahramonimiz “rossoneri” safida chinakamiga o‘zining yangi qirralarini namoyish etishni boshlab yuboradi. Afsuski, unga stabillik yetishmaydi. Ispaniya terma jamoasidan chaqiruv olayotgan futbolchi bugungi kunda ijara asosida “Sevilya” sharafini himoya qilmoqda.

Hujumchilar

Daniyel Pacheko (29 yosh, transfer narxi: 650 ming yevro)

Ispaniyalik hujumchi o‘z tengqurlari ichida eng kuchlisi bo‘lishiga qaramay, ingliz futboli uni erta so‘nishiga sabab bo‘ldi.

«Liverpul»ga moslasha olmagan futbolchini klub murabbiylari rejadan chiqarib yuborishdi. Chorasiz qolgan Pacheko Ispaniyaga qaytib ketdi. Ayni damda, u Segundada to‘p surmoqda.

Rahim Sterling (25 yosh, transfer narxi: 128 million yevro)

Klub akademiyasi durdonasi – Rahim Sterling bugungi ro‘yxatimizdagi eng nomdor futbolchi desak, adashmagan bo‘lamiz. 17 yoshida asosiy jamoada ko‘rinish bergan hujumchi 2015-yilda klubni emas, katta pullarni tanlaydi va “Manchester Siti”ga o‘tib ketadi.

Ayni damda, Sterling APLdagi eng kuchli hujumchilardan biri sanaladi va Angliya terma jamoasining ishongan futbolchilaridan biri.

 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 06:23, 02.05.2020.
O'qildi: 8823 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.