Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

UYEFA Yevropa Ligasi reglamentiga o‘zgartirish kiritdi

UYEFA Yevropa Ligasi reglamentiga o‘zgartirish kiritdi

Baho:
+ | -

UEFA ijroqo‘mi 30 aprel kuni yig‘ilish o‘tkazgan va 2020/21 yilgi Yevrokuboklar bilan bog‘liq qaror chiqardi.

Gap shundaki, mamlakatlarda ichki kubok uchrashuvlarining yakunlanmay qolishi Yevropa Ligasi reglamentida ko‘zda tutilmagan. Bu vaziyat koronavirus sabab futbol uchrashuvlari muddatidan avval yakunlangan Niderlandiya va Fransiya bilan sodir bo‘ldi hamda boshqa ligalarda kuzatilishi mumkin.

Buning natijasida kubok sohiblari aniqlanmay qoladi. Ma’lumot uchun, bir qancha mamlakatlarda kubokni qo‘lga kiritgan jamoalar Yevropa Ligasi yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.

Qarorga ko‘ra, reglamentdan mazkur band olib tashlanadi. Agar kubok sohibini sport tamoyillari orqali aniqlashning iloji bo‘lmasa yoki kubok finali o‘tkazilmay qolsa, ushbu mamlakatda yo‘llanma musobaqa jadvaliga asoslangan holda taqdim etiladi.

UEFA bu qaror borasida mintaqaning barcha federasiyalarini ogohlantirgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:21, 02.05.2020.
O'qildi: 4608 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик