Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 18:45 Gol Gohar 0-0 Al-Jaziyra
15/09 18:45 Arkadag' 1-0 Al-Muharraq
15/09 21:00 Al-Ayn 4-0 An-Nasr (SA)
15/09 22:00 Rayo Valyekano 2-1 Espanyol
15/09 23:00 Alaves 0-1 Valensiya
15/09 23:15 Al-Hilol 2-1 Al-G‘arafa
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 23:15 Ar-Rayyan - Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta - As-Siyb

Xayrulla Hamidov maqolasi: "Geometriya ustasi"

Xayrulla Hamidov maqolasi: "Geometriya ustasi"

Baho:
+ | -

2 may kuni dunyo tan olgan yulduz Devid Bekhem 45 bahorni qarshi oldi. Muxlislarni futbolga va MYUga oshiq qilgan yigitning eng gullagan davri qizil iblislar tarkibida o‘tgan. Shu bois ham, keyingi jamoalari unaqa ishtiyoq bilan eslanmaydi.

Angliyalik iqtidor o‘zining yulduzli onlarini asosan Aleks Fergyuson boshchiligida o‘tkazgan.

2003 yilda murabbiy bilan kechgan “qosh yorish” marosimidan so‘ng qirollik klubiga shov-shuvli summa bilan o‘tdi. To‘g‘ri, Devid Zidanu Figular orasida yo‘qolib ketmagan bo‘lishi mumkin, ammo biz bilgan o‘sha yulduz anchayin xira tortib qolgandi. Tan olaylik, oq libosli Bekxem qizil libosli Bekxemning soyasida yashadi. Jarima to‘pi qirolining soyasi ham kuchli ekan, anchagina yashab berdi.

Shunday bo‘lsa-da, Bekhemga kim muxlis bo‘lib ulgurgan bo‘lsa, qizil libosidagai davriga to‘g‘ri keladi. O‘sha muxlislar Realda ham suyuklilarining o‘ynab ketishini, o‘ynaganda ham lider darajasida harakat qilishini istashgandi. Unday bo‘lmadi. Unday bo‘lmasligini ser Aleks ancha avval sezgan va : “MYU Bekhemsiz yashayveradi, ammo teskarisi bo‘lishi mushkul”, degandi.

Mayli, faoliyatini baribir mendan ham yaxshi bilasiz. Devidning boshqa tomoniga ham o‘taylik. Unda nimaga nisbatan fobiya, ya’ni qo‘rquv bor, deb o‘ylaysiz. Qushlardan qo‘rqarkan. Juda ko‘p avtomobillari bo‘lishiga qaramay, motosiklni hush ko‘radi.

Bekhem erkaklardan birinchi bo‘lib ayollarning Elle jurnali muqovasida chiqqan. Chunki u stil ulashuvchi metr edi. O‘zi aytgan, imidjining har bir nuqtasini xotini bilan maslahatlasharkan. Ayollar ko‘zi bilan qarash kerak avvalo, deydi bu masalada.

To‘rt farzandi bor, uchtasi o‘g‘il - − Bruklin Djozef, Romeo Djeyms, Kruz Devid . qizining ismi Xarper Seven. Oila bahrida ko‘p o‘tiradigan bolajon ota hisoblanadi. Nafaqat o‘z bolalariga, balki jahon bolalariga ham xayriya ulashuvchi fond egasi. Maoshining bir qismi muntazam bolalarning sog‘lig‘ini saqlovchi jamg‘armaga borib turadi. Yelezaveta 2 Bekxemni Britaniya imperiyasi ofiseri deb e’lon qilganida asosan shu xizmat yotadi.

Santextexnik va sartarosh oilasida dunyoga kelgan ingliz yulduzi ona tomonlama yahudiy, ya’ni onasining bobosi ana shu millatga mansub. O‘zini ham yarim yahudiy deb biladi.

Bekhem googleda eng ko‘p axtarilgan futbolchilar ro‘yxatida uchinchi o‘rinda, yuqoridagi ikki o‘yinchi hali o‘ynayotganini hisobga olsak, natija yomonmas.

Devid har o‘yinga alohida yangi butsalar bilan chiqqan. Hech qachon bir kiygan butsasini boshqa payt kiymagan. Nafaqat jarima zarbalari bilan, balki soch turmagi bilan ham o‘ta mashhur bo‘lganini bilasiz.

U juda ko‘p bor yangi turmak bilan chiqardi. Qo‘rqmasdi. Qizig‘i, Bekhemning turmagi darhol modaga aylanib ketardi. Hatto taqir kalga oldirib o‘ynaganida ham.
Bekhem futbol va moda bir-biridan bo‘lakcha yo‘llar emasligini namoyish etib bergan birinchi qaldirg‘ochdir. Hozirgi Ronaldu va Neymarlar uning shogirdidir.

Manba: Хайрулла Ҳамидов телеграм канали
Kiritildi: 09:50, 02.05.2020.
O'qildi: 4761 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик