"Bolonya" karantindan chiqib, mashg‘ulotlarga kirishadigan A Seriyaning ikkinchi klubiga aylandi.
Sinisha Mixaylovich shogirdlari kelasi seshanba kuni mashg‘ulotlarni davom ettiradilar va ijtimoiy masofa qoidalariga rioya qiladilar. Murabbiyning o‘zi mashg‘ulotda qatnashmaydi.