Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Ignatiy Nesterov: Eng, eng, eng...

Ignatiy Nesterov: Eng, eng, eng...

Baho:
+ | -

Osiyo Kuboklarida 5 marta (2004, 2007, 2011, 2015, 2019) ishtirok etib, bu borada Osiyoning yagona futbolchisi hisoblanadigan Ignatiy Nesterov “eng” so‘zi bilan bog‘liq xotiralarni yodga oldi.

Ma’lumki, Nesterov Osiyo Kubogida ishtirok etish bo‘yicha qit’amiz rekordchisi hisoblanadi. U beshta Osiyo Kubogida jami 17 bor terma jamoamiz darvozasini qo‘riqlagan.

Eng esda qolgan turnir
- Osiyo Kubogi-2019ni eng esda qolgan musobaqa deya olaman. Bu har tomonlama yaxshi o‘tdi. BAA o‘zida musobaqani juda yuqori saviyada tashkil etdi. Tashkilotchilik tomonlama umuman muammo kuzatilmadi.

Eng esda qolgan o‘yin
- Eng esda qolgan bahs sifatida 2015-yil Avstraliyada bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogida Janubiy Koreyaga qarshi kechgan uchrashuvni aytgan bo‘lardim. Chorak finaldan o‘rin olgan mazkur bahs juda qiziq kechgandi. Biz oxirigacha kurashganmiz, faqat qo‘shimcha bo‘limlarda o‘tkazib yuborilgan ikkita gol tufayli yutqazib qo‘ygandik.

Eng esda qolgan g‘alaba
- Eng esda qolgan g‘alaba ham 2015-yil bo‘lgan. Guruh bosqichida Saudiya Arabistonini 3:1 hisobida mag‘lub etgandik. Buni Osiyo Kuboklari tarixida eng yaxshi o‘yinlarimizdan biri deb bilaman.

Eng alamli mag‘lubiyat
- Eng alamli mag‘lubiyat o‘tgan yil ro‘y berdi. Avstraliya bilan 120 daqiqa yaxshi o‘ynab yakunda penaltilar seriyasida yutqazib qo‘ydik. Oldingi to‘qnashuvlarda Avstraliyaga qarshi bu qadar ishonch bilan o‘ynamagandik. Birinchi marta bu jamoani mag‘lub etishga juda yaqin kelgandik. Afsuski, penaltilarda omadimiz kelmadi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 17:53, 04.05.2020.
O'qildi: 4109 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.