Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo - Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Hududiy futbol assosiasiyalari media va marketing yo‘nalishi mutaxassislari uchun onlayn seminar o‘tkazildi

Hududiy futbol assosiasiyalari media va marketing yo‘nalishi mutaxassislari uchun onlayn seminar o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bilasiz, karantin davrida O‘FA huzuridagi hududiy futbol assosiasiyalari ish faoliyatini masofadan turib olib bormoqda.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasining barcha bo‘linmalari qatori hududiy futbol assosiasiyalari mutaxassislari ham uy sharoitida belgilangan vazifalar bo‘yicha ish olib borishyapti. Onlayn videomuloqot orqali esa amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilib borilmoqda.

Bugun barcha viloyatlar futbol assosiasiyalarining media va marketing xodimlari uchun onlayn seminar tashkil etildi.

Qayd etish joiz, joriy yildan e’tiboran har bir hududiy futbol assosiasiyada media va marketing yo‘nalishi bo‘yicha ham mutaxassislar ish olib borishi ta’minlandi. Bu orqali har bir viloyat futbolida yuz berayotgan voqeliklar va sport tadbirlari keng yoritilishini ta’minlash, shu bilan birgalikda hududlardagi futbol tuzilmalarining homiy tashkilot va hamkorlar bilan yaqindan ishlashini yo‘lga qo‘yish sanaladi.

Bu borada mutaxassislarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha yanada to‘liqroq ko‘nikmalar taqdim etish, sohadagi so‘nggi yangilik va ish uslublari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida bugun viloyatlar futbol assosiasiyalarining media va marketing bo‘limida faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun onlayn seminar o‘tkazildi. Unda O‘FAning Media hamda Marketing yo‘nalishi bo‘yicha yetakchi kadrlari sohadagi yangiliklar borasidagi o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Qiziqarli suhbat tarzida o‘tgan taqdimotlar davomida ishtirokchilar o‘z savollari bilan murojaat qilib borishdi.

Endilikda bu kabi seminarlar muntazam ravishda tashkil etilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 19:45, 06.05.2020.
O'qildi: 2292 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.