«Fiorentina» klubi futbolchilari va xodimlari kecha koronavirusga test topshirishgan edi. Jamoaning olti nafar a’zosi — 3 nafar o‘yinchi va 3 nafar xodim COVID-19ga chalingani aniq bo‘ldi. Ularning nomi oshkor qilinmadi.
Bemorlar karantinga olindi. Qolgan futbolchilar esa individual dastur asosida klub bazasida mashg‘ulotlarni boshlashi mumkin.