Kirish Ro'yxatdan o'tish

Milik uchun Madrid klubi kurashga qo‘shildi

Milik uchun Madrid klubi kurashga qo‘shildi

Baho:
+ | -

Football Italia nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, Italiyaning «Napoli» klubi hujumchisi Arkadiush Milik yozgi transfer bozorida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

26 yoshli polshalik futbolchiga Madridning «Atletiko» klubi qiziqish bildirmoqda va uning transferi uchun 25 million yevro sarflashga tayyor.

Milikning o‘zi neapolliklar tarkibini tark etish niyatida yuribdi, chunki, u bir necha marta shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi.

Eslatib o‘tamiz, Milikka «Milan», «Yuventus» va «Shalke» klublari ham qiziqish bildirishmoqda.

Kiritildi: 00:30, 08.05.2020.
O'qildi: 3716 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик