Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Daholar kuni»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Daholar kuni»

Baho:
+ | -

8 may kuni bir qator futbol daholari tavallud topishgan. Italiya himoyasi namoyondalaridan biri Franko Barezidan boshlaylik.

Oltmish yoshini nishonlagan iqtidor umrbod "Milan" klubida o‘ynadi. Akasi – Juzeppe Barezi "Milan"ning bu tomonida faoliyat o‘tkazdi – "Inter"da.

Aka-ukalarning qaroriga qarangda endi. Aslida voqea mana bunday bo‘lgan: Franko ham akasi singari "Inter" muxlisi edi. Ammo uni "neradzurri" tarkibiga olishmadi. Shunda "Milan" klubi strukturasida ishlovchi Italo Galbyati yosh yigitchaning iqtidorini o‘z vaqtida payqamaganida, ko‘p ehtimol kichik Barezi faoliyatini boshlamay turib ham yakunlashi mumkin edi.

18ga kirmayoq Barezi "rossoneri"ning asosiy o‘yinchisiga aylandi. 11 yildan beri skudettoni yenga olmayotgan klubning muvaffaqiyatida muhim rol o‘ynadi. 80-yillar davomida "Milan" bir necha bor V seriyaga tushib ketdi. Biroq, Franko ko‘plab takliflarga rad javobini berib "qizil-qora"larga vafodor bo‘lib qoldi. Hatto akasiga shunday ham degandi: “Men bir marta jamoamni yo‘qotganman, ikkinchisini ham boy berishni istamayman”.

Ha, italiyaliklarning ayni shu jihati futbolda qadrlanadi. Barezi bu sadoqati uchun qanday mukofotlanganini eshiting bo‘lmasa:

☑️ Olti karra Italiya chempioni.
☑️ To‘rt bor Italiya superkubogi sohibi.
☑️ Uch karra YECHL g‘olibi.
☑️ Uch bor Yevropa superkubogi sohibi.
☑️ Ikki marta qit’alararo kubok g‘olibi.

Terma jamoasida yetti noyob futbolchi sirasiga kiradi: 1982 yili oltin, 1990 yili bronza va 1994 yili kumush medallarni qo‘lga kiritib, mundiallarning tangachalari komplektini to‘kis qilib qo‘ygan.

Franko Maldini, Kostakurta va Tasotti bilan birgalikda dunyodagi eng kuchli hujum chizig‘ini tashkil etishgan. 21 yil bir jamoa libosida o‘ynagan Barezi tabiiyki bugungi kun afsonasi. Oltinchi raqami abadiyga unga berilgan. Bugungi "Milan" muxlislari bu qadar o‘tmish yulduzlarini eshitishsa, Alpomishni o‘qigandek bo‘lishsa ham kerak.

###

8 may shuningdek Braziliya futbolining eng yorqin kiperi Klaudio Taffarelning ham tavallud kuni. 1966 yili tug‘ilgan. Braziliyaning "Internasyonale" klubida besh yil faoliyat yuritgach, Italiya A seriyani ixtiyor ayladi. 90-yillarda Apennin yarim orolida bu sohada raqobat o‘ta kuchli bo‘lganidan bu tavakkaliga qoyil qolishimiz kerak. Klaudio "Parma"da yaxshi o‘ynadi. So‘ng "Rejina", "Galatasaroy", "Atletiko Mineyro" va oxirida yana "Parma". Biz Taffarelning o‘yinlarini ko‘proq mundiallardan bilamiz. Chunki uning antiqa o‘yin uslubi va boshqalardan ajralib turishi shundog‘am har bir chizig‘i qo‘rqinchli Braziliyaga fayz berib turardi. Bejizga u terma jamoasi tarkibida 11 yil faoliyat olib borib, orzu qilish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarga ega chiqmagan: Oltin ham bor, kumush ham bor, qit’a chempionligi ham bor – ikki marta, kumush medali ham.

Klub faoliyatida faqat "Galatasaroy" tarkibida mamlakat chempioni bo‘ldi. "Parma"da UYEFA kubogini zabt etgani ham aslan katta natija. Xullas, Braziliya deganda faqat hujum chizig‘i emas, darvoza sohasi ham borligini biz Taffarel ijodida ilk bor guvohi bo‘lgandik.

Xayrulla Hamidov.

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 11:06, 08.05.2020.
O'qildi: 4194 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.