Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

«Energetik» Yaxshiboyevning dubli evaziga peshqadamni mag‘lub etdi

«Energetik» Yaxshiboyevning dubli evaziga peshqadamni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Belarus chempionatining 8-turiga start berildi. «Energetik-BGU» klubi bugun safarda peshqadam "Slusk" klubi mehmoni bo‘lib, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Birinchi bo‘limda "talabalar" ikkita penalti ishlashga muvaffaq bo‘lishdi. O‘zbekistonlik futbolchi Jasur Yaxshiboyev har ikkala 11 metrli jarima zarbasidan unumli foydalandi.

O‘yin tugashiga 4 daqiqa qolganida "Slusk" forvardi Muhammad Umar Bala hisobni bittaga qisqartirdi.

Yaxshiboyev esa ikkinchi bo‘limda bir emas, yana ikkita gol urishi mumkin edi. Taym boshida Jasur Bakichdan uzatma qabul qildiyu, bir himoyachini aldab, bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi. O‘yin so‘ngida esa o‘zbekistonlik futbolchi o‘zbekistonlik hujumchi darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, posbonni dog‘da qoldira olmadi.

Uchrashuvning 71-daqiqasida Musaxanyan maydondan chetlatilgani bois, "Energetik-BGU" qolgan daqiqalarda bir kishi kam bo‘lib o‘ynashga majbur bo‘ldi.

Shu qaramay, Yaxshiboyev va Umarov (darvoqe, Shahboz ikkinchi bo‘lim boshida zaxiraga olindi) jamoasi safardan g‘alaba bilan qaytadigan bo‘ldi.

Belarus chempionati, 8-tur
Slusk – Energetik-BGU 1:2 (1:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 17, penalti Yaxshiboyev, 0:2 – 28, penalti Yaxshiboyev, 1:2 – 41 Umar Bala.
Slusk – Pankratov, Trubilo, Obrazov, Chebotayev, Krivulkin, Koanda, Takulov, Kozlov, Umar Bala, Salu, Sirima (Serdyuk, 70).
Energetik-BGU – Lesko, Yudchis, Sokol, Shkurdyuk, Mavatu, Miroshnikov, Nosko, Yaxshiboyev, Umarov (Bakich, 46), Tve, Musaxanyan.
Ogohlantirishlar: Musaxanyan (26), Trubilo (28), Tve (42), Bakich (67).
Chetlatish: Musaxanyan (71).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:04, 08.05.2020.
O'qildi: 4663 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик