Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ronaldo Souzada koronavirus aniqlangani sabab UFC 249 musobaqasi bekor qilinadimi? UFC bayonot berdi

Ronaldo Souzada koronavirus aniqlangani sabab UFC 249 musobaqasi bekor qilinadimi? UFC bayonot berdi

Baho:
+ | -

UFC rahbariyati Ronaldo Souzada koronavirus infeksiyasi aniqlangani UFC 249 musobaqasining o‘tkazilishiga ta’sir qilmasligini ma’lum qildi.

«Souza va Holl ishtirokidagi bellashuv bekor qilinadi. Souza va uning jamoasidagi ikki kishida virus aniqlangan. Ularda koronavirus alomatlari yo‘q. UFC tibbiy qo‘mitasi ularning sog‘lig‘ini nazoratga oladi va davolanish uchun zarur bo‘lgan barcha vositalarni taqdim etadi.

Souzadan boshqa hech qaysi jangchida koronavirus aniqlanmagan. UFC 249 musobaqasi bo‘lib o‘tadi», — deyiladi bayonotda.

UFC 249 musobaqasi Toshkent vaqtida bilan 10 may kuni tongi soat 05:00 da start oladi. Jeksonvill (Florida shtati, AQSH) shahridagi kechaning asosiy jangi Toni Fergyuson va Jastin Getji o‘rtasida kechadi. Musobaqa tomoshabinlarsiz bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:33, 09.05.2020.
O'qildi: 3901 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик