Kirish Ro'yxatdan o'tish

Donald Tramp UFC 249 haqida: Shunday musobaqalarni ko‘proq o‘tkazish kerak

Donald Tramp UFC 249 haqida: Shunday musobaqalarni ko‘proq o‘tkazish kerak

Baho:
+ | -

AQSH prezidenti Donald Tramp koronavirus pandemiyasi vaqtida o‘tkazilgan UFC 249 musobaqasi tashkilotchilarini qo‘llab-quvvatladi.

«Deyna Uayt va UFC’ni tabriklayman. Ko‘proq shunday musobaqalarni o‘tkazish kerak. Biz buni yaxshi ko‘ramiz va sport juda muhim deb hisoblaymiz. Boshqa sport ligalari ham qaytishi kerak. O‘ynashni davom ettirish kerak. Ijtimoiy masofa saqlang va boshqa qoidalarga ham amal qiling. Nima qilish kerak bo‘lsa, shuni amalga oshiring. Bizga sport kerak. Sportimiz qaytishini xohlaymiz», — deydi Tramp.

Qayd etish joiz, Donald Tramp MMA muxlisi hisoblanadi. U bir necha bor UFC musobaqalariga tashrif buyurgan.

Eslatib o‘tamiz, UFC 249 musobaqasi 10 may tongida Jeksonvill shahrida (Florida shtati, AQSH) muxlislarsiz o‘tkazildi. Musobaqaning asosiy jangi UFC’ning yengil vazndagi vaqtinchalik chempionlik maqomi uchun kechib, unda Jastin Getji Toni Fergyusonni 5-raundda nokautga uchratdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:50, 11.05.2020.
O'qildi: 2205 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик