«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong og‘ir jarohatdan keyin tiklanishda davom etmoqda.
Niderlandiyalik futbolchi Jahon chempionatida milliy terma jamoa safida harakat qilgan vaqtida jarohat olgan. Kutilishicha, yarim himoyachi yil oxiridan oldin safga qaytmaydi.
Sport nashri ma’lumotiga ko‘ra, klubda futbolchining tiklanish jarayonidan norozilik mavjud. De Yong jarohat olganidan beri olti hafta o‘tgan bo‘lsa-da, davolash jarayoni kutilgan natijani bermayapti. Shu bilan birga, futbolchiga hanuzgacha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilmagan.
Frenki de Yong o‘tgan yil oktyabr oyida «Barselona» bilan 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolagan. Niderlandiyalik futbolchi kataloniyaliklar safida 2019 yil yozidan buyon to‘p tepib kelmoqda.













