Kataloniyaning «Barselona» klubi «Yuventus» yarim himoyachisi Miralem Pyanichning transferiga o‘z himoyachisi Jan-Kler Todiboni kiritmoqchi, deya xabar bermoqda Diario Sport.
«Blaugranaslar» shu yilning yozida Pyanichni o‘z saflariga qo‘shib olishni jiddiy xohlashmoqda. O‘z navbatida «Yuventus» klubi koronavirus tufayli yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz sabab Miralem bilan xayrlashishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pyanich «Barselona» bilan shaxsiy masalalar bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgandi.