Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

“Sky Sports” “Nyukasl” aslida kimlar bilan muzokara o‘tkazayotganini ma’lum qildi

“Sky Sports” “Nyukasl” aslida kimlar bilan muzokara o‘tkazayotganini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Rasman “Nyukasl” Mayk Eshliga qarashli bo‘lsada, jamoa tez orada Saudiya Arabistoni shahzodasi Muhammad Bin Salmon boshqaruvidagi fond qo‘liga o‘tishi aniq bo‘lib ulgurdi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Eshli jamoaning aksiyalarini topshirgani uchun 300 million yevro ishlab olishi kutilmoqda. Hali “Nyukasl” to‘liqligicha yangi rahbarlar qo‘liga o‘tmay turib, allaqachon yuqori darajadagi ijrochilarga “sovchilik” qilishni boshlay yubordi. Sky Sports nashri yangi “nyukasl”ning shortlistida aslida kimlar borligi haqida rasmiy ma’lumot bilan chiqdi. Unga ko‘ra, Neymar, Kavani, Koutinyo singari futbolchilarning yangi mavsumda jamoaga kelib qo‘shilish ehtimoli juda past. Manbada yozilishicha, klub aslida bor yo‘g‘i 4 ta futbolchi bilan muzokaralar olib bormoqda. Bugun ana shu futbolchilar bilan qisqacha tanishtirib o‘tamiz.

Kalidu Kulibali

 

Senegallik futbolchi bundan bir necha yillar ilgari, dunyoning eng kuchli markaziy himoyachisi edi. Afsuski, “Napoli”dagi kutilmagan tarqoqlik sababli unga bo‘lgan e’tibor keskin pasayib ketdi. Shunga qaramay, Kulibali o‘z faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. “ Sky Sports” nashri ayni kunlarda Kulibalining dadasi “Nyukasl” a’zolari bilan uchrashganini va klubga o‘z shartlarini e’lon qilganini ma’lum qilmoqda. Kalidu bilan so‘nggi yillarda PSJ jamoasi jiddiy qiziqib kelayotgani bois, futbolchini Parijga yo‘l olishi haqida mish-mishlar avj olganidan xabaringiz bor. Shunday bo‘lsada, PSJ tez orada 29 yoshni qarshi olishi kutilayotgan himoyachi uchun 80 million yevro to‘lishiga ishonish qiyin. Boz ustiga, muoliyaviy muammolar chog‘ida. Ayni damda, Kulibali “Nyukasl”ning asosiy nishonidan biri bo‘lib turibdi.

Doni Van De Bek

 

Qahramonimiz “Ayaks”ning YECHL dagi ishonchli o‘yinlaridan so‘ng, grandlardan biriga borib qo‘shilishi taxmin qilingan edi. Amalda bunday bo‘lib chiqmadi. Doni yana bir mavsum Amsterdamda qolishga qaror qildi. Qaysidir ma’noda, bu qaror o‘zini butkul oqladi. De Ligt va De Yonglardan farqli o‘laroq, u yana bir ajoyib mavsumni o‘tkazdi.

“Sky Sports” nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, Doni uchun avvalroq “Real Madrid” asosiy fovorit bo‘lib turgan bo‘lsa, endi Van De Bek “Nyukasl”ning birinchi raqamli transfer nishoniga aylanadi. Manbaning ma’lum qilishicha, inglizlar gollandiyalik futbolchining transferi uchun “Ayaks”ga 60 million ( “Real” 50 million taklif qilgan edi) taklif etadi. Yarim himoyachiga yillik maoshi 12 million (“Real” 8 million yevro taklif etgan edi) bo‘lgan 5 yillik shartnoma taklif qiladi. Bundan tashqari, ingliz klubi gollandiyalik futbolchiga o‘yin amaliyoti taqdim etishga vada bermoqda. Madridda esa, yarim himoyadan joy olish juda mushkul. Boz ustiga, Federiko Valverdening tobora o‘yini ochilib borayotgan bir paytda asosiy tarkibga suqilib kirish juda mushkul.

Lorius Karius

 

Aslida jamoaning asosiy darvozaboni o‘z vazifasini yaxshi ado etmoqda. Shunday bo‘lsada, klub “Nyukasl” arzonroq narx evaziga yetarlicha tajribaga ega kipper zarar qilmaydi degan qarorga kelgan ko‘rinadi.

Loriuc “Beshiktash”dagi ko‘tarikni mavsumdan so‘ng, yana “Liverpul”ga qayib keldi. “qizillar” Kariusni jamoada olib qolmoqchi emas. Shu sababli, tez orada uni arzon narxda bo‘lsada sotib yuborishni reja qilishmoqda. Darvozabonning o‘zi ham “Liverpul”dan tezroq ketish fikrida. Hatto uning agenti o‘rtada qolgan bir yillik shartnomani o‘zaro kelishgan xolda bekor qilish variantini ham klubga taklif etishga ulgurgan. Umuman olganda, Kariusning transferi borasida ortiqcha muammo yuzaga kelmasligi aniq.

“Sky Sports”da yozilishicha, qahramonimizning o‘zi ham APLda qolishni istamoqda. Shu sababli “Nyukasl”ning taklifini o‘ylab o‘tirmay qabul qilishi aniq.

Luka Yovich

 

Bundesligadagi ajoyib mavsumdan so‘ng, “Real Madrid” tomonidan sotib olingan Yovichning Madridda ishlari orqaga ketmoqda. Omadsiz mavsum, boy berilgan raqobat va zahirada tomosha qilingan uchrashuvlar. Qizig‘i shundaki, Yovichni “Real” sotib yuborishga shoshilmayapti. Jamoa Lukani faqat qayta sotib olish sharti bilangina sotishi mumkin. Shunday bo‘lsada, ayni damda serbiyalik futbolchiga bo‘lgan ehtiyoj juda baland. Ko‘plab jamoalar uni o‘z safida ko‘rishni istayotgani haqida xabarlar berilmoqda.

“Sky Sports”nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Kalidu Kulibalining transferi bilan shug‘ullanayotgan kompaniya serb bilanshug‘ullanishni boshlagan. Manbaning ma’lum qilishcha, “Nyukasl” allaqachon “Real Madrid”ga Yovich uchun 38 million funt sterling taklif etishga ham ulgurdi. Hozircha, “qirollik klubi” 22 yoshli serbni qay yo‘sinda qo‘yib yuborishni hal etganicha yo‘q.

Manba: sky sport
Kiritildi: 04:16, 13.05.2020.
O'qildi: 12266 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.