Marca nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, Kataloniyaning "Barselona" klubi Niderlandiyaning "Ayaks" klubi himoyachisi Serjinyo Desta bilan shartnoma imzolash niyatida.
Futbolchi amsterdamliklar bilan shartnomasini uzaytirmasligini ma’lum qildi. Oldinroq u faoliyatini Myunxenning "Bavariya" klubida davom ettirishi taxmin qilingan edi, ammo endi u "Kamp Nou"ga ko‘chib o‘tishga qiziqmoqda.
O‘z navbatida "Ayaks" klubi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga yetadigan futbolchisini sotish niyatida emas.