Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

16 mayni unuta olasizmi?

16 mayni unuta olasizmi?

Baho:
+ | -1

Dortmund shahrida joylashgan Vestfalenshtadion yangi asrning eng ajoyib o‘yiniga guvoh bo‘lgan oqshomga ham 19 yil to‘ldi. Bunaqa golga boy, ssenariysi kutilmagan va ochiq futbolni keyinchalik ko‘rmadik. Balki bir tomonda eng yaxshi davrini boshdan kechirgan Alaves, ikkinchi tomonda quvnoq "Liverpul" turgani uchundir. Bilmadim, ammo bu bahsni unutish imkonsiz.

Tarkiblar ham zo‘r: Ispanlar tomonida Xordi Kroyff, Xavi Moreno, Ivan Tomich, Kosmin Kontra va Ivan Alonso. Livepulda Markus Babbel, Sami Xyupiya, Jimi Karrager, Ditmar Xamann, Sitven Jerrard, Emil Xeski, Maykl Ouen.

O‘yin qanday kechgani raqamlarda:

4-daqiqada hisobni Babbel ochadi.
16-daqiqada Stiv Ji ikki to‘pga olib chiqadi farqni.

Maydonga tushganiga to‘rt daqiqa bo‘lgan Alonso qisqartiradi, uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgan Makallister 41-daqiqada penaltidan yana Liverpulni ikki to‘p farqli masofaga olib chiqadi – 3:1.

Tanaffusda Jerar Ulye va ayniqsa Xose Manuel Esnal shogirdlariga qanday dori ichirishgan, bilmadiku, ikkinchi bo‘lim dahshatli tezlikdagi futbolga aylanib ketadi.

48 va 51-daqiqada Xavi Moreno dubl yo‘llab, tablodagi hisobni tenglashtirib tashlaydi.

3:3 – hammasi boshidan boshlanishi zarur. Buni his etgan va ikkinchi bo‘limda maydonga tushirilgan Robi Fauler 73-daqiqada inglizlarni yana hisobda oldinga undaydi. 4:3.

Asosiy vaqt tugash arafasida Xordi Kroyff katta sahnaga chiqib, Alavesning to‘rtinchi golini yo‘llaganida, "Liverpul" tomondagilar qotib qolishgandi – 4:4.

Qo‘shib berilgan bo‘limlar. Ish penaltilar seriyasigacha boradiyov deb turganimizda, Liverpulning hujumlaridan biri samara beradi. Ispanlar himoyachisi Delfi Geli avtogol sohibi.

5:4 – buyog‘iga ikki o‘yinchisi qizil kartochka olgan Alavesning navbatdagi bor javob berishiga imkoni ham, vaqti ham, kuchi ham qolmagandi. Tamom qahramonliklarga boy jang to‘qqizta gol bilan yakuniga yetgan.

Qiziq tomoni, ushbu bahsda Maykl Ouen gol urmagan va bu jamoasini tark etishiga sha’madek qabul qilingandi o‘shanda. Ushbu dramatik bahsni tomosha qilgan avlod to‘rt yil o‘tib Istanbuldagi Liverpul mo‘jizasiga u qadar hayratlanmaydi. Chunki asosiy repitisiya sal avval – Dortmundda ishlab olingandi.

———
Bu sana futbol ahli uchun-da qayg‘uli kun yetib kelganini ham aytib o‘tsak. Futbol dahosi, o‘z qadrini jahon sahnasida topa olmagan, ammo millionlab muxlislar qalbida qolib ketgan Roberto Badjo 2004 yili futbol bilan xayrlashdi. Oxirgi jamoasi – "Breshiya" klubida faoliyat olib borar ekan, uzunsoch yulduz so‘nggi o‘yinini ramziy ma’noda San Siroda o‘tkazgan. Sobiq jamoasiga qarshi. Milanda, dahshat olqishlov ostida. 80 ming muxlis qarshisida Robi ko‘zda yosh bilag 88-daqiqada maydonni tark etgandi. Janni de Blyazi atay, hamma u bilan xayrlashishi uchun ham o‘yin tugashi arafasida shu ishni qilgan. Stadion o‘rnidan turib kuzatib qo‘ygandi buyuk iqtidorni.

O‘sha kundan beri Italiya muxlislari maydonda yangi Badjoni izlashadi. Afsus, unaqasi takrorlanmasligi borgan sari isbotini topib bormoqda.

Xayrulla Hamidov.

Manba: Хайрулла Ҳамидов телеграм канали
Kiritildi: 09:25, 16.05.2020.
O'qildi: 8899 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.